Italiyaning “Yuventus” futbol klubi jamoaning yangi logotipi va vizual bezagini taqdim etdi. Bu haqda jamoa rasmiy sayti xabar bermoqda.
Jurnalistlar uçun yopiq holda ötkazilgan maxsus tadbir duşanba kuni ötkazildi hamda klub rasmiy saytida translyatsiya qilindi. Yangi logotip klub prezidenti Janni Anelli tomonidan taqdim etilgan. U 2017 yilning iyulidan boşlab işlatilişi ma'lum qilindi.
“Yangi logotip bizning özgaça yönalişimizdan darak beradi”, - dedi prezident.

Ma'lumot uçun, “Yuventus” – Italiya klublari orasida eng köp sovrinlar sohibiga aylangan jamoalardan biri bölib, mamlakat çempionati va kubogi bahslarida ğalaba qozoniş böyiça rekordçi hisoblanadi. Turinliklar 32 bora Italiya çempioni, 11 bora Italiya kubogi sohibiga aylanişgan. Bundan taşqari, “Yuventus” yettita mamlakat superkubogi, ikki bora Çempionlar ligasi va UYeFA superkubogi, uç marta UYeFA kubogi ğolibiga aylangan.











