Rossiya taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova feysbukda Rossiya hukumati AQŞ maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snoudenga Rossiyada yaşaş huquqini yana 2 yilga uzaytirib berganini ma'lum qildi. 
    
"Eng kulgilisi, Markaziy razvedka boşqarmasining sobiq rahbar örinbosari Snoudenga Rossiyada yaşaş huquqi yana 2 yilga uzaytirib berilganidan bexabar", deb yozdi Zaxarova MRBning sobiq xodimi Maykl Morellning sözlariga javoban. Morell Rossiya Snoudenni AQŞ hukumatiga topşirib, AQŞning yangi prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasiga "ajoyib sovğa" qilişi mumkinligini aytgandi.

"Endi hammaga ayon böldiki, sizning idorangizda odamlarni sovğa qiliş va himoya izlayotganlarni sotiş oddiy holdir. Siz Rossiyani baribir tuşunmabsiz, Maykl Morell", deb qöşimça qilgan Zaxarova. 

Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Joş Ernest Snouden AQŞga afv etilişi uçun zarur hujjatlarni yubormaganini ma'lum qilgandi.