Fan-texnika | 12:16 / 18.01.2017
3893
2 daqiqa o‘qiladi

Facebook virtual reallik texnologiyasiga 2 milliard dollar investitsiya kiritadi

Foto: Getty Images

Facebook yaqin 10 yil davomida virtual reallik texnologiyasiga 2 milliard dollar investitsiya kiritadi. Bu haqda kompaniya asoschisi Mark Tsukerberg Oculus kompaniyasiga tegishli intellektual mulkni o‘g‘irlash bo‘yicha ayblov yuzasidan sudda chiqish qilishidan avval ma'lum qildi, deb xabar berdi The New York Times.
 
Kompyuter o‘yinlarini taqdim etish hamda Bethesda, id Software va Arkane Studios studiyalariga egalik qiluvchi Zenimax media-giganti Facebook’ni Oculus VR kompaniyasini noqonuniy ravishda xarid qilishda ayblamoqda. U Oculus Rift virtual reallik ko‘zoynaklarini yaratgan.

ZeniMax Media’ning fikricha, dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq Oculus virtual reallik bo‘yicha barcha texnologiyalar ishlanmasini noqonuniy ravishda o‘ziga o‘tkazib olganini yaxshi bilgan holda bu kompaniyani sotib olgan. ZeniMax aynan u virtual reallik ko‘zoynaklarini yaratganini iddao qilmoqda. Oculus esa bosh dasturchi – Jon Karmakni kompaniyaga ishga olib, shu tariqa, intellektual mulkni o‘g‘irlagani aytildi.

Tsukerberg Dallas shtati federal sudida 17 yanvar kuni chiqish qilib, bu ma'lumotlar yolg‘onligini ma'lum qildi. «Oculus mahsulotlari Oculus texnologiyasiga asoslangan. Bizning ishda umumiy kod mavjud emas», - dedi u.

Mavzuga oid