Bugun, 17 yanvar kuni afsonaviy boksçi Muhammad Ali hayot bölganida 75 yoşni qarşilagan bölar edi. Ali ilk bor 13 yoşida boks bilan şuğullanişni boşlagan va 18 yoşida Olimpiadada ğoliblikni qölga kiritgan. U 1964—1966, 1974—1978 orasida oğir vaznda mutlaq çempion bölgan. 

Uning hayoti va bosib ötgan yöli minglab insonlar uçun namuna vazifasini ötaydi. U tirik afsona deb atalişga loyiq — Muhammad Ali qaşşoq oilaning oddiy farzandi bölib jahon tan olgan boksçi va jamoat arbobiga aylangan. Xuddi Ali kabi boks tuşişni örganiş mumkin, lekin uning hayotiy qoidalariga amal qiliş hammaning ham qölidan kelmaydi.

Muhammad Ali hayoti davomida erişgan yutuqlariga maşğulotlar emas, aynan mana şu qoidalar sababçi bölganligini köp bora ta'kidlagan.

Yordam

Ali jabr çekkan yoki biror narsadan mahrum bölgan kişilar bilan juda köp muloqotda bölgan. U özidan yordam söragan har bir kişiga kömak berişga harakat qilgan va buni boşqalarga köz-köz qilmagan. U Xudo uni ma'lum bir vazifani bajariş uçun yaratganligiga işongan.

 

Ğurur

Ğururning kibrga heç qanday aloqasi yöq. Buni Ali isbotlay olgan. Inson nafaqat jismonan balki aqlan ham mukammal bölişga harakat qilişi darkor.

 

Özini bağişlaş, maqsadni aniqlaş va intizom

Ali bu uç narsaga butun hayoti davomida amal qilgan.

 

Mağlubiyat

Mağlubiyatni tan oliş murakkab fanga öxşaydi. Omadsizlik omad sari yöl ekanligini anglaş ğalaba sari muhim qadam taşlaşdir.