Alloh taologa beadad hamdu sanolarimiz va Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga esa behisob salovotu durudlarimiz bölsin.
Odatda ba'zi insonlar har xil maqsadlar bilan yolğon gapirişlikka urinişadi. Albatta uning sabablari köp, biz uning sabablari, hukmlari va turlari haqida söz yuritmoqçi emasmiz, balki oxirgi bir neça kunlar içida bilib-bilmasdan yoki qasddan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning nomlaridan yolğon gaplar, töqima hadislar tarqatilayotganligini guvohi bölayapmiz. Avval boşida bunga unçalik jiddiy e'tibor bermadik. Sababi, hozirgi axborot xuruji davrida bunday salbiy holatlarni, balki fitnalarni hammasiga ham javob berişlikka vaqt va imkoniyat ham yetmaydi. Qolaversa, har bir nodonning tarqatayotgan yolğon xabarlariga javob beraverişlik vaqtni bekorga zoye qilişlik bilan barobardir. Lekin mazkur voqea töğridan-töğri Payğambarimiz sollallohu alayhi va sallamga nisbatan tuhmat, yolğon gapirişlik va şariat masdarining ikkinçisi bölmiş Sunnati Nabaviyaga nisbatan xiyonat bölganligi sababli, tezlik bilan bunga qarşi çora körib, raddiya berib qöymoqlikni özimizni burçimiz deb bildik. Çunki bunday xabarlarni tarqatayotganlarni içida haqiqiy ğarazli maqsadlarini amalga oşirayotganlari bilan birgalikda, özlari bilmagan holda savob iş qilayapmiz deb, öşa xabarda tarqatilayotgan başoratlardan umidvor bölayotganlar ham yöq emas.
Xabar esa quyidagiça:
«Payğambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Bir inson boşqa bir insonga ramazon oyi kirib keliş sanasini birinçi bölib eslatsa, dözax olovi bu inson uçun harom qilinadi».
Birinçidan – Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilgan sahobiyning ismi zikr qilinmagan.
Ikkinçidan – Ramazon oyining kirib keliş sanasi oldindan heç kimga ma'lum bölmaydi. Demak u haqida eslatiş ham mumkin emas, balki Ramazon oyining hilolini körganligini xabarini beriş mumkin.
Uçinçidan – «dözax olovi bu inson uçun harom qilinadi» degan jumlaning özi şubhali bölib, bunga qalb taskin topmaydi.
Mazur xabarning mazmunidan ma'lum bölayotgan narsa – iloji boriça tezlik bilan ommaga tarqalişligini ta'minlanişidir. Çunki omi xalq u xabardagi başoratdan umidvor bölib, uni suriştiriş, tekşiriş va hokazolarga vaqt sarflamasdan, tezlik bilan tarqatib, mazkur başoratga loyiq bölgisi keladi.
Mavzuga oid
Bunga öxşagan xabarlar avvallari ham köp tarqalgan, faqat u xabarlarning oxirida «Kimki bu xabarni falonça kişiga, falonça kunning içida tarqatmasa, undoq böladi, bundoq böladi» yoki «falonçi tarqatmagan ekan, falon baloga giriftor bölibdi» degan tahdidlar bölardi. Bunisida esa tahdidning örniga başorat qöyilibdi, xolos. Farqi şunda.
Payğambarimiz sollallohu alayhi va sallamning nomlaridan töqima rivoyatlarni tarqatilişlikda niyatning heç qanday e'tibori yöq. Çunki bunday işlarda öta katta xatar bor. Balki şariatning ildiziga bolta uruşlik bor. Şariatning asl manbasini özgartirişlik bor. Kimlardir yaxşi niyatlar bilan bunday rivoyatlarni töqima bölsa ham zarari yöq deb öylasa qattiq yanglişadi. Zotan, Payğambarimiz sollallohu alayhi va sallamning quyidagi hadisi şariflarida unday insonlarga umumiy tarzda qanday azob-uqubat bölişligi haqida xabar berilgan.
«Mening sizlarga köp hadis aytişimni man qiladigan narsa Payğambar sollallohu alayhi vasallamning: «Kim menga yolğonni qasd qilsa, dözaxdagi örindiğini olaversin», deganlaridir», dedi».
Törtovlari rivoyat qilişgan.
Muslimning rivoyatida:
«Albatta, menga yolğon töqiş boşqa birovga yolğon töqişdek emas. Kim menga yolğonni qasd qilsa, dözaxdagi örindiğini olaversin», deyilgan.
Ustozimiz Şayx Hazratlarining «Hadis va hayot» kitoblarida keltirilgan mazkur hadisning şarhini örganib çiqsak, uşbu masala qançalik jiddiy ekanligi yanada oydinlaşadi:
«Uşbu rivoyatdan hazrati Anas ibn Molik roziyallohu anhuning ilmiy odobga qançalar rioya qilişlari körinib turibdi. U kişi Payğambar sollallohu alayhi vasallamning xizmatlarida ön yil bardavom turgan zot bölib, sahobai kiromlar içida eng köp hadis bilguvçilardan edilar. Zehnlari ötkir, muhofazalari kuçli edi. Şunday bölsa ham Payğambarimiz aytmagan biror oğiz sözni aytib qöyib, U zot sollallohu alayhi vasallamning:
«Kim menga yolğonni qasd qilsa, dözaxdagi örindiğini olaversin», degan hadislari taxtiga doxil bölib qolişdan hayiqib turganlar.
Islom dini umuman yolğonni harom qilgan. Islom nazarida yolğonçi Allohning duşmani, iymonsiz hisoblanadi. Alloh taolo Qur'oni karimda: «Albatta, yolğonni Allohning oyatlariga iymon keltirmaydiganlar töqiydilar», deb marhamat qilgan. Şunday bölgandan keyin Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamga nisbatan yolğon töqiş, u kişi aytmagan gapni aytdi, qilmagan işni qildi, deyiş misli yöq ulkan gunoh böladi.
Şuning uçun ham ulamolar jumhuri Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nisbatan yolğon töqişni halol sanagan odam kofir böladi, deganlar. Çunki Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nisbatan yolğon töqiş Alloh taologa va Islom diniga nisbatan yolğon töqişdir.
Şuning uçun Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislari böyiça aniq bilimga ega bölgandan sönggina gapiriş lozim. Gumon va taxmin bilan gapiriş mutlaqo mumkin emas. Musulmon odam gumon va işonçsiz narsalarni umuman gapirmagani ma'qul. Har bir narsaga töla işonç hosil qilgandan sönggina gapirmoq lozim. Ayniqsa, dinu diyonatga, iymon-e'tiqodga, halol-haromga, şariat ahkomlariga va oyat-hadisga tegişli mavzuda söz yuritganda juda ehtiyot böliş kerak. Uluğ sahobiy Anas ibn Molik roziyallohu anhu barçamizga örnak bölişlari lozim. Har bir gapni gapirişdan oldin agar şu gapim yolğon bölsa, dözaxdagi örnimni olaverişim kerak böladi-ku, degan tuşunça fikrimizdan ötib turişi kerak.
Hazrati Anas ibn Molik va boşqa sahobiylarning ilmiy odoblariga tahsinlar aytamiz. Ular Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamning özlaridan eşitib turib ham ehtiyotkor bölganlariga qoyil qolamiz.
Şuning uçun ham Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini bilgan sahobalar ularni boşqalarga yetkazişda öta aniqlik bilan rivoyat qilayotganlariga işonçlari komil bölsagina bu işga jur'at etar edilar. Aks holda, hadis rivoyat qilişdan özlarini tiyar edilar. Çunki Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda:
«Kişiga har bir eşitgan narsasini gapiraverişning özi gunoh uçun yetarli», degan edilar.
Ya'ni, eşitgan narsasini orqa-oldiga qaramay gapiraveriş gunohga olib boradi, deganlar. Har bir narsani eşitgandan söng yaxşilab aniqlab, keyin gapiriş kerak.
Sahobalardan Zubayr ibn Avom roziyallohu anhu hadisni oz rivoyat qiladigan kişilardan edilar. Imom Buxoriy rivoyat qilişlariça, Zubayr roziyallohu anhuga öğillari Abdulloh ibn Zubayr roziyallohu anhu:
«Falonçi-pistonçilarga öxşab, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hadis rivoyat qilganingizni eşitmayman», debdi.
U: «Men U zot sollallohu alayhi vasallamdan ajraganim yöq-ku, lekin: «Kim mendan yolğon gap aytsa, dözaxdagi örnini tayyorlayversin», deganlarini eşitganman», degan ekan.
Ya'ni, Zubayr ibn Avom roziyallohu anhu hadis rivoyat qilişda biror noaniqlikka yöl qöyib, gunohkor bölib qolişdan qörqqanlar.
Sahobalardan Zayd ibn Arqam roziyallohu anhuga: «Hadis aytib bering», deyilsa, «Yoşimiz ulğaydi. Esdan çiqaradigan bölib qoldik. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan hadis rivoyat qiliş qiyin narsa», der edilar.
Demak, sahobai kiromlardan hadis rivoyat qilişda öta aniqlik bilan iş tutayotganiga qattiq işonganlarigina bu işga jur'at etganlar, qolganlar özlarini tiyganlar.
Şu bilan birga, umumiy siyosat şunday bölganki, hadis rivoyat qiluvçilar tekşirib turilgan. Bu işda zarraça beparvolikka yöl qöyilmagan. Bu borada köproq Hazrati Umar roziyallohu anhu xalifalik vaqtlarida bölib ötgan maşhur hodisa misol qilib keltiriladi.
Imom Muslim Abu Sa'id roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda quyidagilar aytiladi:
«Abu Muso roziyallohu anhu eşik ortidan turib Umar roziyallohu anhuga uç marta salom berdi. Unga izn bermagan edi, qaytib ketdi. Umar uning ortidan odam yuborib:
«Nega qaytding?» deb söratdi. U:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Sizdan birortangiz uç marta salom berganida javob bölmasa, ortiga qaytsin», deganlarini eşitgan edim», dedi. Umar:
«Ana şunga hujjat keltirasan, bölmasa, kuningni körsataman», dedi. Biz ötirgan edik, Abu Muso rangi oqargan holda huzurimizga keldi, biz unga:
«Senga nima böldi?» dedik. U bölgan voqeani aytib:
«Ha, hammamiz eşitganmiz», dedik. U bilan bir kişini yubordilar. Öşa odam borib xabar berdi».
Albatta, bu hadisni Hazrati Umarning özlari ham yaxşi bilar edilar. Lekin siyosat uçun, odamlar hadis rivoyat qilişdek mas'uliyatli işni oson sanab, e'tiborsiz bölmasliklari uçun şundoq qilganlar. Şuning uçun ham voqea bölib ötgandan keyin Abu Muso roziyallohu anhuga:
«Men seni biror narsada muttaham qilmoqçi emasman. Ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislari öta aniq bölişi lozimligini bildirib qöymoqçi edim», deganlar.
Körinib turibdiki, bir odam kim bölişidan qat'i nazar, hadis eşitganini da'vo qilsa, undan buning isboti uçun guvoh körsatiş söralgan. Ya'ni, öşa hadisni bir kişi emas, köp kişi eşitgan bölişi şart qilib qöyilgan.
Imom Buxoriy, Imom Ahmad, Imom Termiziy va Imom Bayhaqiylar qilgan rivoyatda buyuk sahobiy Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu quyidagilarni aytadilar:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan birlari men eşitmagan bir hadisni bilişi haqida eşitib qoldim. Bir tuya sotib oldim. Unga yukimni yukladim. Söngra bir oy yöl yurib, Şomga yetib bordim. Qarasam, u odam Abdulloh ibn Anas al-Ansoriy ekan. Oldiga borib:
«Menga ma'lum bölişiça, sen Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan zulm qilganlar muomalasi haqida men eşitmagan hadisni eşitgan ekansan. Öşa hadisni eşitgunça men ölib qolamanmi yoki sen ölib qolasanmi, deb qörqib keldim», dedim. U hadisni ayta boşladi…».
Mana azizlar, yolğon xabar tarqatişlikning qançalik qabih iş ekanligini, agar bu yolğon Payğambarimiz sollallohu alayhi va sallamga nisbatan bölsa, bu töğridan-töğri Allohga va Uning diniga nisbatan yolğon ekanligini bir oz bölsada örganib çiqdik. Qolaversa, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan şariat ahkomlarini bevosita örganişlik baxtiga sazovar bölgan sahobai kiromlar qançalik ehtiyotkorlik va omonatdorlik bilan yondoşgan bölsalar, oradan qariyb 1450 yilga yaqin vaqt ötib, bizning zamondoşlarimizning ba'zi birlari mazkur omonatlarga qançalik beparvo bölayotganliklari, balki bilib turib xiyonat qilayotganliklarini nima desa böladi?
Işoqjon BeGMATOV,
Toşkent Islom Instituti öqituvçisi,
«Töxtaboy» jome masjidi imom-xatibi,
«Oltin Qalam» XI Milliy mukofoti sohibi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi