AQŞning Florida ştatida yuzlab delfinlar ölik holda topildi. Olimlar ular nima sababdan qirğoqqa çiqib qolganiga izoh bera olişmayapti.

Palm Beach Post mahalliy naşri ma'lumotlariga köra, önlab dengiz jonivorlarining qirğoqqa çiqib qolgani haqidagi ilk xabar 14 yanvar, şanba kuni tarqalgan. Ularni turistlardan biri "Evergleyds" milliy boğida hududida körib qolgan. 

AQŞ okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boşqarmasi vakilining sözlariga köra, voqea joyiga mutaxassislar guruhi yetib borgan. Ular delfinlarni qutqarib qolişga harakat qilmoqda. Olimlar bunday jonivorlarning 81tasi ölganini ma'lum qilişgan, yana 13 delfinning ahvoli oğir holatda. Mutaxassislar ularning tanasi hududga köplab akulalarni jalb qilişi mumkinligidan xavotirda. Fuqarolarni bu joyga bormaslikka çaqirişgan.

Bunday yirik delfinlar guruh bölib yaşaydi hamda uzunligi olti metr, oğirligi esa tonnadan oşişi mumkin. Floridada bunday holat 1986 va 1989 yillarda ham kuzatilgan.

Stranded No More taşkilotining bunday jonivorlarni himoya qiliş böyiça mutaxassislari fojiali hodisaga PGB Pioneer tadqiqot kemasi tomonidan yaqin atrofda olib borayotgan dengiz tubini seysmorazvedka qiliş işlari sabab bölgani mumkinligini aytişgan. Biroq, olimlar delfinlarning ommaviy ravişda halokati nima sababdan röy berganiga haligaça aniq izoh berişgani yöq.