Janubiy Koreyaning Hyundai va Kia avtomobilsozlik kompaniyalari kelgusi beş yilda AQŞda özlarini rivojlantiriş uçun 3,1 milliard dollar miqdorida sarmoya kiritadi. Automotive News portalining xabar qilişiça, bu mablağlarning aksariyati Qöşma Ştatlarda yangi zavod qurilişiga sarflanadi. 

Yangi beş yillikda sarf etiş rejalaştirilgan mablağ, kompaniyalarning ötgan beş yilda sarflagan sarmoyasidan deyarli bir baravar köpdir. Tahlilçilarning fikriça, Koreya avtomobilsozlarining bunday siyosati, AQŞning saylangan prezidenti Donald Trampning bayonotlariga öziga xos javobdir. U, jumladan, avtomobilsozlik va boşqa firmalarni mamlakat içkarisida işlab çiqarişni rivojlantirişga çaqirgan edi. Tramp, Meksika hududida işlab çiqarilgan avtomobillarga 35 foizlik soliq joriy qiliş bilan tahdid ham qilgandi. 

Taxminlarga köra, Hyundai va Kia kompaniyalarining yangi zavodi premium toifadagi Genesis brendi modellarini işlab çiqaradi. Bundan taşqari, Amerika bozori uçun maxsus tayyorlangan yöltanlamas ham yangi zavod mahsulotiga aylanişi ehtimol. Şu bilan birga, Hyundai Montgomeridagi Sonata, Elantra va Santa Fe modellari yiğiladigan zavodini modernizatsiya qilişni ham közlamoqda. 

Sarmoyalarning 30-40 foizi tadqiqot va ilğor texnologiyalarni işlab çiqişga sarflanadi.