Facebook kompaniyasi Daniyaning Odense şahrida özining uçinçi ma'lumotlar markazini barpo etadi. Bu haqida kompaniya rahbari Mark Tsukerberg özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma'lum qildi. 

Manbaga köra, bu umumiy hisobda sakkizinçi, Yevropadagi uçinçi va Daniyadagi birinçi ma'lumotlar markazi hisoblanadi. Yangi markaz 100 foiz qayta işlanuvçi resurslar tomonidan quvvatlantiradi, u yaqin yillarda minglab odamlarni yangi iş örinlari bilan ta'minlaydi. 

Ma'lumotlarga köra, Odensedagi ma'lumotlar markazi dunyodagi eng zamonaviy va energosamarali markazlardan biri böladi. Mamlakatning sovuq iqlimi elektr energiyasini tejaşda ayni muddao, bu serverlarni sovutişda qöl keladi, faqat konditsionerlarga tayanib qolinmaydi.

Odense - Daniyaning uçinçi eng yirik şahri. Şuni ta'kidlaş joizki, Yevropada - Şvetsiya va Irlandiyada Facebook kompaniyasining ikki ma'lumot markazi faoliyat yuritadi.