Media sohasi ekspertlari jurnalist kasbi kelajagi xususida muhokamalar olib borayotgan, butun dunyoda ön minglab talabalar jurnalistlik sohasi böyiça soha fakultetlarida ta'lim olayotgan bir vaqtda, Xitoyda işlab çiqilgan Syao Nan nomli robot-muxbir mahalliy gazetada özining maqolasini çop etdi. 

China News agentligiga köra, Syao Nanning 300 iyeroglifdan iborat maqolasi Southern Metropolis Daily gazetasida çop etilgan. U öz materialini Xitoy yangi yili arafasida safarlar avj olişiga bağişlagan. 

Robot maqolasini yozib tugatişi uçun bir soniya kifoya qildi. Media-robotni işlab çiqqan Pekin universiteti professori Van Syaotszyunning söziga köra, Syao Nan kiçik va katta matnli maqolalarni ham yoza oladi.

"6 nafar muxbirga bilan qiyoslaganda Syao ma'lumotlarni yaxşiroq tahlil qila oladi va matnlarni tezroq yozadi", — deydi professor.

Ammo, bu aqlli robotlar, tez orada, jurnalistlarning örnini töliq egallaşini anglatmaydi. Çunki, maşina tet-a-tet şaklida intervyular ötkaziş bir yoqda tursin, qöşimça savollar bera olmaydi, deb izohlagan professor. Bundan taşqari, robot intervyu uçun muloqot mavzusi yoki "yangiliklar manbasi"ni tanlay olmaydi. 

Şunga qaramay, olim yangi texnologiyalar kelajagi borasida ijobiy fikrda. 

Hozirda, u Southern Metropolis Daily bilan birga media-robotlarni rivojlantiriş va örganiş böyiça laboratoriya taşkil etiş borasida boş qotirmoqda.