Braziliyalik yoş hujumçi Gabriel Jyezus bugun 19 yanvar kuni «Mançester Siti» futbolçisi sifatida rasman taniştirildi. Bu haqda «şaharliklar» rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Mankunianliklar 19 yoşli futbolçining sobiq jamoasi «Palmeyras» bilan yozdayoq kelişuvga erişgandi, biroq tomonlarning özaro şartiga köra, futbolçi mavsum oxiriga qadar Braziliyada qoldi va klubi bilan mamlakat çempionligini qölga kiritgandi.

Futbolçining hujjatlarini rasmiylaştiriş Angliyadagi mehnat qiliş vizasi bilan boğliq qiyinçiliklar sabab biroz çözildi va nihoyat bu muammo ham ortda qoldi.

Futbolçi hafta boşidan buyon klub maşğulotlarida iştirok etişni boşlagandi. Endi u «Siti» tarkibida 21 yanvar kuni «Tottenhem»ga qarşi uçraşuvda debyut qilişi mumkin böladi.