Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Bozordan çöçişning hojati yöq
|17:16 / 20.01.201761 18224 min
Bismillahir rohmanir rohim.
Oxirgi paytda «Bozor, bozor iqtisodiyoti» singari söz va jumlalar oğizdan tuşmay qoldi. Hamma öz fikru tasavvurini aytmoqda, örtoqlaşmoqda, örtaga taşlamoqda. Gap sözlar içida: «Bizning ota-bobolarimiz savdogar ötganlar, bu işlar qonimizda, tariximizda bor», degan fikrlar ham aytilyapti. Lekin heç kim öşa ota-bobolarimiz bilgan bozor nimayu va ne asosda sobit bölganligi haqida biror oğiz söz aytgani yöq. Ehtimol bu şarqşunoslarning vazifasidir, çunki madaniy merosimiz tahlilu taqdiri ularga topşirilgan, axir. Ammo bu sohada hali qayta quriş bölgani, turğunlik yillari qolipi şarqşunoslarni özidan ozod qilgani yöq. Ular hozirgi muhim muammolarni hal qilişga ulkan madaniy merosimiz tajribasi asosida öz hissalarini qöşmoqlari zarur.
«Çumçuq söysa ham qassob söysin» naqliga xilof bölsa ham, uşbu mavzuda ba'zi mulohazalarni örtoqlaşişni iroda qildim.
«Bozor iqtisodi» töğri atama, «bozor iqtisodiyoti» deyiş notöğri. Iqtisodiyot – iqtisodning jami, iqtisod esa arabça söz bölib, tejamkorlik ma'nosini anglatib, Ğarb xalqlaridagi «ekonomika» atamasi örnida işlatiladi.
Ayni paytgaça bozor iqtisodining har bir omillari haqida qayta-qayta gapirilib, turli şarhlar ham qilinmoqda. Lekin bozorning haqiqiy omili – insoniy omil haqida heç kim gapirmaydi. Axir bozor iqtisodini amalga oşiruvçi, undan foyda yoki zarar köruvçi ham inson-ku?!
Agar bozor iqtisodini amalga oşiriş halollik, insoniylik asosida bölmasa, oqibati yaxşi çiqişi qiyin. Buni kooperativlar misolida körsak ham böladi. Aslida ularga davlatning qöli qisqa bölib turgan joylarda yordamçilik qiliş, xalqqa xizmat etib, farovonlikni yölga qöyiş uçun ruxsat berilgan edi. Lekin bular pul orqasidan quvib, harom yöldan borib, muammo ustiga muammo qöşilişiga olib keldilar.
Haqiqatni aytganda, töğri yölga ötib oliş qiyin böladi. Inson özini taniganidan buyon rivojlanib, şakllanib kelayotgan bozor iqtisodiga endi ötmoqçimiz. Yöl boşida turganimizda bobolarimizning bu işga munosabatlari qandoq bölgan, ular buni qandoq yölga qöyganlar – şunga öxşaş savollarga javob topiş maqsadida duru gavhardan aziz ulkan madaniy merosimizga murojaat qilsak, deb öylayman.
Bizning ota-bobolarimiz bu sohada öziga xos tenglama işlatganlar:
Mavzuga oid
Alloh – Inson – modda – vaqt – iqtisodiy ravnaq.
Islom aqidasi böyiça dunyodagi hamma iş Alloh taologa borib taqaladi. Usiz heç narsa bölmaydi. Şu bilan birga Allohga iymon keltiriş, undan qörqiş insonni yaxşi işlarga çorlaydi. U iqtisodga adolat, omonat, halollik ma'nolarini berib, oçközlik, sudxörlik, harom va adolatsizliklardan çetlatadi.
Iqtisod ravnaqi uçun zarur omillardan biri insondir. Çunki hamma narsa odam uçun. Alloh taolo borliqni va undagi narsalarning hammasini uning manfaati uçun yaratganini Qur'oni Karimda takror-takror aytgan. Inson iqtisodni rivojlantiriş uçun sabab, bu narsa uning harakati bilan amalga oşadi. Agar inson harakat qilmasa, unga rizq-röz öz-özidan paydo bölib qolmaydi.
Payğambarimiz Muhammad alayhissalom: «Kasblarning şaraflisi» kişining öz qöli bilan bajaradigan kasbidir», deganlar. Amalga çorlovçi oyatlar, hadislar, asarlar juda ham köp. Birgina misol keltirsak kifoya qilar: «Hazrati Umar roziallohu anhu bekorçi odamlarni uçratib qolib: «Sizlar kimsizlar?» – deb sörabdilar. Ular bölsa: «Biz tavakkalçilarmiz», deyişibdi. «Yolğon gapiryapsizlar debdilar hazrati Umar, – Tavakkalçi yerga uruğni soçib qöyib, söngra Allohga umid boğlaganlar. Birortangiz: «Yo bor Xudoyo, özing rizq bergin», deb rizq talab qilişdan ötirib qolmang. Bilasizki, osmondan tilla yoki kumuş yoğmaydi», deganlar.
Ha, inson halollik, poklik bilan öz jamiyati ravnaqi uçun harakat qilmoği Islom dini tarğib qilgan işdir.
Turli xildagi mahsulotlarni işlab çiqariş, iqtisodiy taraqqiyot uçun intiliş farzi kifoya bölib, bu narsa amalga oşmasa, hamma musulmonlar gunohkor, ba'zilari uni amalga oşirsalar hamma gunohdan foriğ böladi. Davlat esa bu işlarni turli usullar bilan quvvatlab turişi kerak.
Uçinçi omil moddiy narsalar bölib, ular xilma-xildir. Jumladan, dehqonçilik, dengizçilik, sanoat, hayvonot tarbiyasi, konçilik, hunarmandçilik va boşqalar.
Qur'oni Karimda ziroat – dehqonçilikka tarğib qiluvçi, yerni Alloh taolo insonga böysunadigan, işlab foyda oladigan qilib qöygani haqida oyatlar köp. Payğambarimiz alayhissalom öz hadislarida: «Agar bir musulmon köçat yoki ekin eksa, undan quş yesa ham, inson yesa ham ekkanga sadaqa qilganni savobi borib turadi», deganlar. Şu ma'nodagi boşqa hadislar ham behisob.
Ha, Islom dehqonçilikka tarğib qilgan, lekin faqat dehqonçilik bilan maşğul bölib, sigirning dumida osilib qolişdan qaytargan, sanoatga va hunarmandçilikka ham uriniş zarurligini uqtirgan.
Bu haqda payğambarimiz alayhissalom aytadilar: «Agar harom savdo qilsangiz, sigirning dumidan mahkam tutib, ekin-tikin bilan rozi bölib jihodni tark qilsangiz, Alloh sizlarga xorlikni soladi va diningizga qaytmaguningizça uni ustingizdan kötarmaydi». Uşbu va boşqa hadisi şariflardan ulamolarimiz, sanoatni rivojlantiriş musulmonlar uçun farzi kifoyadir, degan hukmni çiqarganlar.
Bu haqda Qur'oni Karimda «Anbiyo», «Saba'», «Kahf» va boşqa suralarda oyatlar bor. Hozir sanoatning turli xillarisiz taraqqiyotga erişib bölmaslikning yaqqol körinib turgani ham Islom ta'limotlari naqadar şomilu komil ekanini isbotlaydi.
Törtinçi omil – vaqt omili ham muhimdir. Ya'ni, vaqtning qadriga yetiş, uni bekor ötkazmaslik ahamiyati.
Islom aqidasi böyiça inson umridagi vaqtning har bir daqiqasi uçun Allohning oldida javob beradi. Şuning uçun uni doimo foydali, samarali işlarga sarflaşi zarur. Vaqtni bekor yoki befoyda ötkaziş bizning jamiyatimizda vaboga aylanib qolganki, bundan tezroq qutulmoq darkor.
Faraz qilaylik, yuqoridagi omillar tayyor. Xöş, ana şunda iqtisodiy taraqqiyot öz-özidan yuzaga keladimi? Yöq! Bu omillar ilmiy asosda, özaro töğri aloqada rivoj topmoği va röyobga çiqmoği zarur.
Misol uçun, yaxşi dehqon va yer, uruğ va asboblar mavjud. Lekin yer nimayu, uruğ nimaligini töğriroq tuşunmaydigan «rahbar» yuqoridan körsatmalar berib turibdi. Heç narsa bölmaydi! Yer juda nozik narsa, bir joyda bir xil dehqonçilik rivoj topsa, ikkinçi yerda bundan hosil oliş amri mahol. Kursida ötirgan plançi buni qayoqdan bilsin, unga plan kerak, boşqa narsa bilan işi yöq. Umuman plan, plançi (reja sözi yaxşi, lekin qasddan şu iborani işlatyapman) degan iboralar qayerdan kelgan, hayronsan. Bizdagi plan va plançilar işga manfaat bermasliklari hammaga ma'lum.
Ötgan yili özbekistonlik xalq deputatlari paxta masalasida Moskvada plan va plançilar bilan haqiqiy töqnaşuvda böldilar. Qarangki, poytaxtdagi plançilar içida paxta nimaligini yaxşi biladigani yöq ekan.
Demak, dehqonga erk beriş kerak, nimani qayerga, qaçon, qandoq ekişni va işlov berişni özi bilsin. Axir qaysi inson öz mehnati behuda ketişini xohlaydi! Xuddi şuningdek, boşqa sohalarda ham. Bozorning öz qoidalari bor, ular işlab çiqarişni ham, oldi-sottini ham rejaga solib oladi.
Aytaylik, inson öz imkoniyatlaridan foydalanib, yaxşi mahsulot tayyorladi. Tabiiyki, u mehnatining samarasini körişi kerak, şundagina işini yanada zör ğayrat bilan davom ettiradi, aks holda hafsalasi pir böladi.
Bizda esa bu tabiiy, mantiqiy holat yöq. Uning örniga mantiqsiz tartib hukm suradi.
Mehnat natijasida yuzaga kelgan mahsulotga mehnat qilmaganlar narx qöyadilar. U işlab çiqariş joyidan xaridorga yetib borgunça yuzta tösiqdan ötadi va har tösiq öziga keragini şilib qoladi. Ikki orada işlab çiqaruvçi va xaridor jafo köradi, boyagi tösiqlar esa işlamasdan tişlaydi, desak xato bölmaydi. Işlab çiqaruvçi töğridan-töğri bozorga bormoqçi bölsin-çi, bu dunyoga kelganidan puşaymon yeydi.
Buyuk vatandoşimiz imomi Buxoriy rivoyat qilgan hadisi şarifda payğambarimiz alayhissalom:
«Ya'ni: «Otliqlarning oldini tösib çiqmanglar, şaharlik qişloqlikka savdo qilib bermasin», deydilar. Bu öşa vaqtning sodda bozori va savdosining vasfi bölsa ham, hukmi umumiydir. Ya'ni, olib-sotarlar bozorga öz mahsulotlarini olib kelayotganlarning yölini tösib çiqib, ulardan arzonga olib, bozorda qimmatga sotmasinlar, çunki bozorga kelmagan kişi narxni bilmay adaşadi. Bozorga kelsa, narxini biladi va eng muhimi molning haqiqiy egasi çayqovçidan köp marta saxiy böladi, bu esa xaridorga ham foyda.
«Şaharlik qişloqlikka savdo qilib bermasin», deganlari mahsulot işlab çiqaruvçidan savdogar (odatda şaharlik böladi): «Molingni qöyib ket, sotib beraman», deb olib qolmasin. Bu ham işlab çiqaruvçiga va ham xaridorga zarar. Hozir dunyoning hamma joyida mahsulotning töğridan-töğri bozorga olib borilişi yölga qöyilgan. Oluvçi va sotuvçi özaro roziyu rizo savdo qilişsa böladi. Albatta, bu bizning tasavvurimizdagi peştoqiga «Bozor» deb yozib qöyilgan joyda bölişi şart emas. U keng ma'nodagi tuşunça ekanligini unutmasligimiz kerak.
Şu örinda bozor iqtisodidagi eng muhim omillardan biri – savdoda Islom qattiq man qilgan harom işni eslatib ötiş zarur. U ham bölsa, «ehtikor» – narxni sun'iy kötariş uçun urinişdir. Bu işning har qanday körinişi harom, katta gunoh. Payğambar alayhissalom «faqat xatokorgina «ehtikor» qiladi» deganlar. Bu hadisdagi «xatokor» sözi yengil söz emas. Alloh taolo Qur'oni Karimda Fir'avnni xatokor deb nomlagan. Boşqa bir hadisda esa: «Ehtikor qiluvçi qandoq ham yomon banda, arzonçilikni eşitsa xafa, qimmatçilikni eşitsa xursand böladi», deganlar.
Şu bilan birga jamiyat foydasini közlab, kelajakdagi qiyinçiliklar yuzaga kelişining oldini oliş maqsadida rejali ravişda kerakli mahsulotlarni saqlab qöyiş nafaqat mumkin, balki zarur. Buni köproq hukumat qiladi. Qur'oni Karimda hazrati Yusuf alayhissalom hosilning ma'lum miqdorini kelajakdagi oçarçilik yillarida işlatiş uçun boşoğida olib turişga buyurganlari hujjat sifatida keltiriladi.
Şubhasiz, yuqoridagi işlarni amalga oşirişda hukumatning örni katta. Xususan hozir bizda hamma narsa hukumatning qölida. Lekin bor-yöqni töplab oliş yaxşi emasligi heç kimga sir bölmay qoldi. Şuning uçun ham köpgina narsalarni şirkatlarga, qöşma korxonalarga va boşqalarga beriş rejalaştirilmoqda. Şu borada ötgan yili bölib ötgan bir suhbatni takror-takror aytişni özimga lozim köraman. Saudiya Arabistonida Jidda şahridan podşoh Fahd ibn Abdulaziz bilan uçraşiş uçun ar-Riyod şahriga maxsus samolyotda uçdik. Bir kişi mehmondorçilik uyuştirib, xizmat qilib turdilar. Keyin bilsam, ismlari Ali Rizo bölib, samolyot ham u kişiniki ekan. Men ul zotdan, bizda Saudiya hukumati neftni sotib, pulni bosib olgan, xohlaganini qilaveradi degan tasavvur bor edi. Lekin kelganimizdan beri hukumatniki degan narsani körmadik, dökonlar, taksilar, mehmonxonalar va boşqa narsalar, jumladan samolyotlar ham şaxsiy ekan, hukumat nima qiladi, deb söradim. Ali Rizo, Muftiy hazrat, bizda hukumat hukm qiladi, işni biz bajaramiz, dedi.
Ha, hukumat hukm qiliş kerak. Töğri, hayotning hamma sohasi hukumat bilan boğliq, jumladan iqtisod ham. Bu işda hukumat yetakçi şaxs sifatida iştirok etişi zarur, biroq hammasini öziniki qilib olib, boşqalarning yölini tösmasligi lozim.
Hukumat vatan ravnaqi, jamiyat farovonligi uçun xizmat qilayotganlarning himoyasini ta'minlaşi, iş şaroitlarini yaratib berişi, ular örtasida kelişmovçiliklar yuzaga kelsa adolatli hukm çiqarişi zarur. Bu va boşqa xizmatlari uçun hukumat soliq olişi yölga qöyiladi.
Hozirgi holatda turli gap-sözlarni yiğiştirib qöyib, özimizni kerakli barça narsalar bilan ta'minlaş çoralarini körişimiz şart. Oçiğini aytay, oziq-ovqatni boşqalardan olib kun köradigan xalq, mingta mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilsa ham, özini mustaqil his qilişga haqqi yöq. Çunki berib turganga biror sözing yoqmay qolsa ham, kerakli narsani «tortib» qöyib, sening mustaqilligingni bir pulga çiqaradi.
Barça zaruriy narsalarni muhayyo etişni esa özimizdan boşqa heç kim biz uçun qilmaydi. Hatto Alloh taolo ham nafsini özi özgartirmagan qavmning holini özgartirmasligini Qur'oni Karimda aytgan.
Meningça, avvalo içki imkoniyatlarni işga soliş kerak. Yerlardan töliq foydalanib, buğdoy, şoli, arpa kabi ekinlarni köproq ekiş zarur. Yaqin-yaqinlargaça odamlar adirlarga buğdoy, arpa sepişar, sersuv yerlarga şoli ekişar edi. Paxta yakkahokimligi paytlarida hammasi man qilindi. Bundoq iş bilan şuğullanadiganlar quvğin etildilar. Kişilarning tomorqasigaça çigit qadaldi, hatto Orolni quritib, örnida paxta yetiştirişni orzu qiluvçilar ham topildi. Oqibati nimaga olib kelgani hammaga ayon. Eng afsuslanarlisi şuki, kişilarda uşbu işlarni qilişdagi malaka, tajriba yöqoldi. Buni qayta tiklaş oson bölmaydi. Lekin baribir yölga qöyiş kerak. Har bir xöjalikning bir-ikki yilga yetadigan doni, şolisi bölsa qandoq yaxşi. Şu bilan birga, ota-bobolarimizdan qolgan tegirmon va objuvozlarni qayta işga solmoq darkor. Hozir mayda korxonalar tuziş kerak deb köp gapirilyapti, bular ham mayda korxona. Ham qöşimça iş joylari paydo böladi, ham işlar yurişadi. Dehqonçilik va boğdorçilikni keng rivojlantiriş zarur. Bu borada kişilarga tomorqa yerlari ajratib berib, hukumat katta iş qildi. Albatta, bu osonlik bilan bölgani yöq, katta tortişuvlar, bahslardan söng, şundoq qilinsa oziq-ovqat mahsuloti köpayadi, degan yaxşi umidda boşlandi. Yer tekislaş pora oliş bilan qöşib olib borilgan joylar ham kam bölmadi. Yerni esa kerak ham oldi, kerakmas ham oldi. Oqibatda bölib berilgan köpgina yerlar qarovsiz qoldi. Bu esa katta gunoh.
Çorvaçilikni, ayniqsa, jadal rivojlantiriş kerak. Bir vaqtlar odamlar qölidagi hayvonlar tortib olindi. Birorta tovuq boqmoqçi bölganlarga ham soliq solindi. Jamoa çorvaçiligi esa tuzilganidan buyon ziyonkor soha bölib kelmoqda. Avval aytganimizdek, bu jabhada ham katta uziliş röy berdi, kişilarda malaka, tajriba qolmadi. Hatto şu darajaga borib yetdiki, bolalarga qöy bilan eçkining farqini anglatiş uçun mol bozoriga olib borib tuşuntirişga töğri keldi. Hozir respublika rahbarlari zotdor çorva mollarini keltirib aholiga sotişni yölga qöymoqçilar, bu juda yaxşi iş. Şu bilan birga yaylov yem-xaşak va boşqa muammolarni ham birgalikda, ya'ni mutanosib ravişda hal qilib boriş kerak.
Xalq hunarmandçiligi – mayda korxonalarni ham rivojlantiriş maqsadga muvofiqdir. Modomiki xalqqa kerak ekan, beşikmi, sandiqmi, obdastami yoki boşqa narsami – çiqaraveriş lozim. Nima keragu nima kerak emasligini bozorning özi hal qilib oladi.
Turli-tuman taqiqlar xalqimizning tafakkurini, ijodiy qobiliyatini va yangilikka intiliş hissini siqib qöyadi. Hasadgöylik, bir-birini köra olmaslik uya qöydi. Kim yaxşiroq narsaga ega bölsa, undan şubhalaniş, ketidan poylaş avj oldi. Oqibat ma'lum – hammadan orqada qoldik. Xususiy uylar, davlat uylarini köring, hammasi bir-biriga öxşaş noqulay, yaşaş şaroitlari mukammal emas. Bu yuqorida tavsiflangan noma'qul siyosatning samarasi emasmi, axir!
Yana bir misol. Qölda töqilgan atlas dastgohdan çiqqanidan afzal ekanini yoşu qari yaxşi biladi. Lekin qölda töqiş man qilingan. Xalqda talab kuçli bölganidan hunarmandlar maxfiy ravişda atlas töqiydilar. Albatta, birinçi xaridor – man qilganlarning xotinlariyu kelin-qizlari. Orada ba'zi bir ustamon firibgarlar boylik orttiradilar. Oddiy töquvçi heç qaçon molini özi pullay olmaydi. Biror korxonaga nomi qorovul deb yozib qöyilgan çayqovçi esa xohlagan puliga sotadi, uning tanişlari bor, qölga ham tuşmaydi, birov muşugini pişt ham demaydi. Şundoq qilib, «qorovullik»dan yuz ming sömlab pul topib, bosar-tusarini bilmay yuraveradi. Şuning örniga hunarmandni erkin qöyib, şaroit yaratib berib, foydasiga davlat şerik bölsa yaxşi emasmi. Bulardan boşqa içki imkoniyatlar ham köp, faqat hammasidan foydalaniş kerak, xolos.
Hozir odamlarni bozor iqtisodi bilan qörqitiş odat bölib qoldi. Undoq böladi, bundoq böladi, narx oşadi, narsa kamayadi va hokazo. Oqibatda bozorga «tayyorgarlik» körib, kerak bölsa ham, bölmasa ham qölga kirgan narsani töplaşga kirişib ketildi. Tanqislik boşlandi, keraksiz jun kiyim-keçakka kuya tuşdi, buzilgan oziq-ovqat mahsulotlarni axlatxonaga taşlaş boşlandi. Bemalol öylab körsak, biz allaqaçon bozor iqtisodiga qisman ötib bölganmiz. Dasturxonga bir nazar taşlang, davlat narxida sotib olingan narsalar köpmi yoki bozor narxidagisimi? Xalqimiz mehnatkaşligi tufayli davlatning berganiga qarab turmay, özi doim harakat qilib kelgan. Boşqa jumhuriyatlardagilar qörqsalar böladi, çunki ular hamma narsada davlatga qaram bölib qolişgan. Non yopiş, qöy boqiş, boğ qiliş yoki tom soliş qandoq bölişini unutişgan.
Bozor iqtisodiga ötilsa, kişilar tabaqalarga bölinadilar: boylaru öta boylar, kambağallar öta kambağallar yuzaga çiqişadi, deyişadi ba'zilar.
Hozir-çi, hozir barça baravarmi? Yöq, hozir ham xuddi şundoq. Lekin e'tirof qilinmagan boylar va öta boylar odatda qonunbuzarlik bilan dunyo töplaşgani uçun özlarini oşkor qilmaydilar, xolos. Buning ustiga, öta boylarning bir qismi qamalib ketdi. Endi bozor iqtisodi bölsa, hamma narsa öz nomi bilan ataladi, xolos.
Halol yöl bilan boy böliş yaxşi narsa. Islom kambağallikka qarşi. Boylar esa doimo kambağallarga yordam berişlari zarur. Şariatda boyligi nisobga (ma'lum miqdorga) yetgan kişi yiliga öz boyligining 2,5 foizini kambağallarga berişi farz. Aks holda katta gunoh qilgan böladi, kambağallarning haqini yegan hisoblanib, hamma moli haromga çiqadi va qiyomat kuni böyniga ulkan ilon bölib öraladi. Zakotning tafsiloti alohida bir maqola bölişi kerak, şuning uçun bu yerda gapni çözib ötirmaymiz.
Şuningdek, xayr-ehson, muhtojlarga yordam işlari keng yölga qöyilişi şart. Jamiyatning heç bir a'zosi qarovsiz qolmasligi kerak. Bu – barçaning vazifasi. Payğambarimiz alayhissalom: «Garçi bir xurmoning yarmi bilan bölsa ham özingizni dözaxdan saqlang» deganlar. Ya'ni, arzimagan narsa bölsa ham muhtojlarga bering, deganlari bu. Bir kuçi payğambar alayhissalom: «Allohga qasamki mö'min emas, Allohga qasamki mö'min emas, Allohga qasamki mö'min emas», deganlarida, sahobalar: «Kim ey, Allohning rasuli?» – deptilar. Şunda u zot: «Kimki qöşni oç ekanini bilib turib, özi töyib uyquga yotsa», – deptilar. Bu borada ham alohida boblar bor.
Bozor iqtisodiga tayyorgarlik köriş jarayonida mehr-şafqat, hayr-ehson ma'nolarini ham onglariga singdirib bormoq lozim. Çunki bu ma'nolar bizda deyarli yöq bölib ketgan.
Islom ta'limoti böyiça mazkur işlar har qaysi diyorda farovonlik, obodonçilik va seroblikning şartlaridandir. Payğambarimiz alayhissalom öz hadisi şariflaridan birida: «Silai rahm (qarindoşlarga yaxşilik qilmoq) va qöşnilarga yaxşilik qilmoq diyorlarni obod va umrlarini ziyoda etadi» deganlar. Demak, xayr-ehsondan faqat uni oluvçi emas, balki beruvçi ham va qolaversa, jamiyatning barça a'zolari, diyorning özi ham bahramand bölar ekan.
Farovon turmuşning şartlaridan yana biri Allohning berganiga şukr qiliş, haddan oşmaslik, tuğyonga ketmaslik va isrofgarçilikka yöl qöymaslikdir. Alloh taolo Qur'oni Karimda: «Yenglar, içinglar va isrof qilmanglar, albatta. U (Alloh) isrofgarçilikni yoqtirmaydi», degan. Hozirgi yetişmovçilik davrida ham bizda isrof haddan taşqari ekanini gapirib ötirmasa ham böladi. Yetiştirilgan hosilning törtdan biri isrof etilsa turli marosimlardagi isrofgarçiliklar, oddiy hayotdagi isrof, hammasi töplanib kelib ulkan zarar ekanini har birimiz yaxşi tuşunib yetmoğimiz kerak.
«Toho» surasida Alloh taolo: «Sizlarga rizq qilib berilgan narsalarning poklaridan yeng va tuğyonga ketmang (haddingizdan oşmang) (agar şunday bölsa) sizlarga ğazabim tuşişiga sabab böladi», deydi. Ha, noşukurlik, haddan oşiş, tös-töpolonlar Allohning ğazabiga duçor etadi. Uzoqqa borişning keragi yöq, hozirgi kunimizga nazar solaylik: noşukrlik va töpolon markazlarida zilzila, boşqa tabiiy ofatlar, markablarning töqnaşuvlari, halokatga uçraşlari va hokazolar tinmay röy berib turibdi. Alloh taolo öşandoq joylardan heç bölmasa barakani kötarib qöyadi. Buni Moskva şahri misolida köriş mumkin – odamlar oçköz bölib qolişgan, baraka yöq, yeydi-yu töymaydi. Boşqa joylarda ham baraka kötarilsa, avval bir tişlam nonga töyadigan odam ikki-uç burda non yeydigan bölib qoladi. Bu haqda Qur'oni Karimning «Nahl» surasida şunday deyiladi: «Alloh bir tinç-omon, xotirjam diyorni misol keltiradi, u (diyor) ning rizqi tökis bölib, turli makonlardan kelib turadi. Bas Allohning ne'matlariga u (diyor) kufron (noşukrlik) qildi. Şu sababli Alloh taolo ularga oçlik va xavf-xatar libosini kiygazdi». Bundoq holatlardan barçamizni Alloh taoloning özi saqlasin!
Kişilarni bozor iqtisodi, qimmatçilik va boşqa qiyinçiliklar bilan qörqitmaslik, balki ularni bunday holatlarda özini qandoq tutişga örgatiş kerak. Allohning xazinasi katta, ne'matlari köp, «Ibrohim» surasida: «Agar Allohning ne'matlarini sanasangiz, hisobiga yeta olmaysiz», deyilgan. Lekin Alloh taolo bandalarining holatiga qarab rizq beradi. Kişilar insofu tavfiqda yursalar, barakali rizq ulaşadi, tuğyonga ketib, noşukrlik qilsalar, rizqni ham tortib qöyadi.
«A'rof» surasida şunday deyiladi: «Agar diyor aholisi iymonli va taqvoli bölsa, biz ularga osmonlaru yerdan baraka (eşigini) oçib qöyamiz…» «Şöro» surasida esa: «Agar Alloh öz bandalariga rizqni juda keng bersa, ular yer yuzida buzğunçilik qiladilar. Lekin (Alloh) öz xohişiça ölçovli rizq tuşiradi. Albatta, U öz bandalarining barça işlaridan xabardor va ularni körib turuvçidir».
Xulosa qilib aytganimizda, noumid – şayton, tuşkunlikka tuşmaslik kerak, ğayrat-şijoat bilan harakat qiliş zarurki, bozor iqtisodi şaroitida mehnatni, aqlu idrokni, hisob-kitobni, insofu diyonatni, saxovatu sabr-toqatni ixtiyor etsak, inşoolloh, farovonlik, bust-butunlik, töqlikni Allohi karim dariğ tutmaydi. Omin!