Şvetsiya Markaziy statistika byurosi sönggi yillarda mamlakat aholisi sezilarli ösgani va 20 yanvarda bu körsatkiç 10 million kişidan oşgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda taşkilotning rasmiy saytida söz yuritilgan.
«20 yanvar aholi statistika borasida tarixiy kun hisoblanadi. Şvetsiyada röyxatga olingan aholi soni ilk marotaba 10 mlndan oşdi», — deyiladi xabarda.
Ta'kidlanişiça, sönggi bir neça yillarda qayd etilayotgan aholi sonining ösişiga, mamlakatga köçib kelayotganlar soni ketayotganlar sonidan köp bölgani sabab bölgan. Bundan taşqari, tuğiliş va ölim holatlari örtasidagi ijobiy farq ham ta'sir körsatgan.
«Biz ön millioninçi fuqaroning şaxsini aniq bilmaymiz. Bu yangi tuğilgan çaqaloq yoki röyxatdan ötgan muhojir bölişi mumkin», — deb qayd etişgan byuroda.
Şvetsiya statistika idoralariga köra, Şvetsiya 2024 yilda 11 mln kişi istiqomat qiladigan mamlakatga aylanadi.












