AQŞ prezidenti etib saylangan Donald Tramp 20 yanvardagi inauguratsiya nutqida öz vataniga şaxsiy qaraşini taqdim qiladi, deb ma'lum qildi jurnalistlarga 19 yanvarda Trampning matbuot kotibi Şon Spayser.
"Bizda bu böyiça qöşimça ma'lumot böladi, biroq bu nutq Trampning bu davlatga juda şaxsiy va samimiy ta'rifi böladi", deb aytdi Spayser.
Uning aytişiça, Tramp "amerikalik böliş nimani anglatişi, örta sinf uçrayotgan çaqiriqlar" haqida fikr yuritadi. "U, şuningdek, infratuzilma va ta'lim, işlab çiqariş bazasi haqida gapiradi. Fikrimça, bu kun tartibidan köra katta falsafiy hujjat böladi. Bu uning davlat, hukumat va fuqarolar roli borasidagi qaraşi böladi", deb qöşimça qildi Spayser.












