IBM kompaniyasining 2016 moliyaviy yilning 4-çoragidagi tuşumi 2015 yildagi şu davrdagiga nisbatan 1 foizga kamaydi va 21,8 mlrd dollarni taşkil qildi. Şu tariqa kompaniyaning tuşumi 19 çorakdan beri pasaymoqda. Şu bilan birga kompaniyaning sof daromadi 1 foizga oşib, 4,5 mlrd dollarni taşkil qildi. Bir aksiyaga daromad 5,01 dollarni taşkil qilgan. 2017 yilda kompaniya bir aksiyaga 13,8 dollar foyda körişni rejalaştirmoqda.
Kompaniyaning 2016 yilda "bulutli" biznesdan olgan tuşumi 35 foizga oşib, 13,7 mlrd dollarni taşkil qilgan.
Kompaniya hisoboti ortida uning aksiyalari 2,5 foizga tuşib, bir donasi narxi 162,8 dollarni taşkil qildi.
IBM 2016 moliyaviy yildagi sof daromadi 11 foizga, ya'ni 11,9 mlrd dollargaça kamaydi. Kompaniyaning yillik tuşumi 2 foizga, ya'ni 79,9 mlrd dollargaça kamaygan.
Ta'kidlaş joizki, kompaniya 2016 yilda olingan patentlar miqdori böyiça yangi rekord örnatdi. U AQŞda 8088 ta patentni röyxatdan ötkazgan.
Kompaniya ixtirolaridan aksariyati sun'iy ong, kognitiv hisoblaşlar, bulutli texnologiyalar, kiberxavfsizlikka tegişli bölgan.

















