Donald Tramp prezidentligini qanday va'dalar bilan boshladi
AQShning 45-prezidenti Donald Tramp Kapitoliy binosi maydonida qasamyod qilganidan so‘ng, ilk rasmiy ma'ruzasini qildi. Tramp, dastavval, hokimiyatni silliq topshirishga hissa qo‘shgani va AQShga xizmat qilgani uchun Barak va Mishel Obamalarga minnatdorlik bildirdi. Shundan so‘ng, ma'ruzasining asosiy qismiga o‘tdi.
AQSh boshqaruvi Amerika xalqiga qaytadi
45-prezidentning ta'kidlashicha, u hokimiyatni Vashingtondan xalqga qaytaradi. Tramp, shuningdek, Amerika uchun yangi rivojlanish yo‘lini tanlashini bildirdi.
"Vashington gullab yashnadi, biroq, uning boyliklari xalq bilan taqsimlanmadi", - dedi AQShning yangi prezidenti. – Mamlakatimizning unutilgan fuqarolari, boshqa unutilmaydi".
Uning aytishicha, "qaysi partiya hukumatni nazorat qilishi muhim emas, xalq hukumatni nazorat qilayaptimi, yo‘qmi, shu narsa muhimdir". Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh xalqi mamlakatning haqiqiy boshqaruvchisiga aylanadi.
Amerika vayron bo‘lishdan to‘xtaydi
Donald Trampning uqdirishicha, odamlar yaxshi ishga ega bo‘lishni va yaxshi ta'lim olishni istaydi. Uning bayonotiga ko‘ra, vayron bo‘layotgan Amerikaning barbod bo‘lishi bugundan to‘xtaydi.
Tramp ilk ma'ruzasida, shuningdek, Amerika armiyasi holdan toyganini ta'kidladi. "Amerika, o‘z xavfsizligini tahdid ostiga qo‘ygan holda, boshqa mamlakatlar chegaralarini himoya qildi. Biroq, bular o‘tmishda qoldi", - dedi Amerikaning yangi davlat rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bundan avval, hech kim Amerika ishchilari, oddiy fuqarolari va ularning farovonligi haqida qayg‘urmagan. "Biz boshqa mamlakatlarni boy qildik, mamlakatimiz boyligi esa, yakunlanib boraverdi", - dedi Tramp.
Tramp so‘nggi nafasigacha AQSh uchun kurashadi
Amerikaning 45-prezidenti AQSh manfaatlari uchun "so‘nggi nafasigacha" kurashishini ta'kidladi. "Biz, amerikaliklar, bugun mamlakatimizni tiklash bo‘yicha buyuk milliy choralar ko‘rishga kirishamiz", - deya bayonot berdi Tramp ma'ruzasida.
Amerika birinchi o‘rinda
U, butun dunyoni, AQSh uchun "Amerika – birinchi o‘rinda" ekanini tushunib olishga undadi. Amerikaning yangi yetakchisiga ko‘ra, AQSh endilikda ikkita: "Amerika mahsulotini xarid qilish, amerikaliklarni yollash" qoidasiga amal qilishni boshlaydi. Trampning va'da berishicha, AQSh qaytadan buyuk va boy davlatga aylanadi.
"Quruq gaplar vaqti o‘tdi", - deb ta'kidladi Tramp.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, u siyosatchilarning nolishiga, shunchaki gapirib, hech narsa qilmasligiga yo‘l qo‘ymaydi.
AQSh boshqa mamlakatlarga hukmini o‘tkazmaydi
Bir yil muqaddam, prezident bo‘lishiga hech kimning ko‘zi yetmagan Donald Tramp tantanali qasamyod qilish marosimida bayonot berganidek, AQSh dunyoning boshqa mamlakatlariga hukmini o‘tkazishga urinmaydi. Uning aytishicha, endilikda, Vashington barcha davlatlar bilan, ular ham o‘z milliy manfaatlariga ega ekani va o‘sha manfaatlarni himoya qilishlari lozimligini tan olgan holda, do‘st bo‘lishga harakat qiladi. "Biz hech kimga o‘z turmush tarzimizni tiqishtirmaymiz. Yaxshisi, u boshqalar uchun namuna bo‘la qolsin", - dedi Tramp, inauguratsiyadan so‘nggi ilk nutqida.
AQShning 45-prezidenti Donald Tramp ma'ruzasini o‘zining mashhur shiori bilan yakunladi: "Amerikani yana buyuk qilamiz!".

Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Abu-Dabida Yaqin Sharqdagi birinchi «Disneylend» paydo bo‘ladi
Jahon | 03:00
-
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
Sport | 02:17
-
NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin
Jahon | 01:03
-
«G‘alaba asosan biz tufayli qo‘lga kiritilgan». Tramp 8 mayni rasman G‘alaba kuni deb e’lon qildi
Jahon | 00:31
Mavzuga oid

00:31
«G‘alaba asosan biz tufayli qo‘lga kiritilgan». Tramp 8 mayni rasman G‘alaba kuni deb e’lon qildi

21:22 / 07.05.2025
AQSh migrantlarni Liviyaga deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda

21:05 / 07.05.2025
Rossiya Ukraina muzokaralarida juda ko‘p narsani talab qilmoqda – Vens

18:47 / 07.05.2025