AQŞning yangi prezidenti Donald Tramp 20 yanvarda Oq uyga yetib keldi. Uning bu yerda Barak Obama bilan norasmiy uçraşuvi bölib ötadi.

Uçraşuv Oq uyning Moviy xonasida ularning rafiqalari Mişel va Melaniya iştirokidagi çoy içiş şaklida ötadi. Bu marosim amaldagi prezidentdan saylangan prezidentga hokimiyatning topşirilişi vaqtidagi an'ana hisoblanadi. 

Şundan keyin Obama va Tramp inauguratsiya marosimiga yöl oladilar. Inauguratsiya Kapitoliy tepaligidagi AQŞ kongressi binosida bölib ötadi.

Tramp saylovdagi ğalabasidan keyin Oq uyda faqat bir marta bölgan: uni 10 noyabrda saylangan prezident sifatida Obama qabul qilgan, bu ham AQŞ siyosiy an'analaridan hisoblanadi. 

Obama mehmonlarni "Salom! Yaxşimisizlar! Sizni körişdan xursandmiz", deya qarşilagan. Tramp va Obama qöl berib söraşişgan. Siyosatçilarning rafiqalari ham quçoqlaşib söraşib, Tramp rafiqasi Obama rafiqasiga qutiçada sovğa bergan.

Söngra juftliklar suratga tuşib, bino içiga yöl olişgan.