21 yanvarda Donald Trampga qarşi Vaşingtonda ommaviy norozilik marşi bölib ötdi. 

Namoyiş iştirokçilarining aniq soni ma'lum qilinmagan, biroq RIA “Novosti” axborot agentligining joydagi muxbirining taxminiça, namoyişçilar soni Tramp inauguratsiyasidagidek yoki undan ham köproq bölgan. 

Namoyiş "Ayollarning Vaşingtonga marşi" deb e'lon qilingan, biroq aksiyada köplab erkaklar ham iştirok etgan. Kapitoliy va Oq uy örtasidagi 3 km lik Milliy xiyobon aksiya iştirokçilari bilan tölgan. 

AQŞ prezidenti inauguratsiyasi vaqtida noroziliklar uyuştiriş avval ham yuz bergan. 1969 yilda Vetnamdan AQŞ qöşinlarining olib çiqilişini talab qilgan Mobe harakati faollari Riçard Niksonning lavozimiga kirişişi vaqtida uning kortyojiga yeguliklar, şişa idişlar va tutun şaşkalari uloqtirganlar.

AQŞning 43-prezidenti Kiçik Jorj Buş ham amerikaliklarning noroziligini özida his qilgan. Saylovlar natijalaridan norozi bölganlar Buş kortyojiga tuxumlar va tennis koptoklari uloqtirganlar.

20 yanvarda Tramp inauguratsiyasi nişonlanayotganda unga qarşi çiqayotganlar Vaşingtonda aksiya ötkazganlar. Namoyişçilar dökonlar peşoynalari va maşina oynalarini sindirişgan. Ma'lum qilinişiça, tartibsizliklar uçun 200 dan köproq odam hisbsga olingan, bir neça politsiyaçi jabrlangan.