Angliya premer-ligasining 22-turidan örin olgan markaziy uçraşuvda «Mançester Siti» «Tottenhem»ni öz uyida qabul qildi.

Uçraşuv öz nomini oqladi. Qiziqarli kuraşlarga boy bölgan öyinda ustunlik «Mançester Siti» tomonida böldi. Biroq dastlabki gol faqatgina ikkinçi bölimda Ugo Lorisning xatosidan keyin kiritildi. Ikkinçi golda ham Loris juda qöpol xatosidan keyin Kevin de Bryuyne tomonidan darvoza yöllandi. 

Ammo mançesterliklar 2:0 hisobida oldinda borişlariga qaramay ğalabani uşlab qola olişmadi. Avvaliga Dele Alli örtadagi farqni qisqartirgan bölsa, Song Xyong Min muvozanatni tikladi. Song gol kiritgan vaziyatdan biroz oldinroq, «Siti» hisobni 3:1 ga yetkazib olişi mumkin edi. Darvozabon bilan yakkama-yakka çiqib borayotgan Rahim Sterling zarba beriş jarayonida Kayl Uoker tomonidan turtib yuborildi. Biroq Sterling töliq yiqilmaganini körgan hakamlar penalti belgilaşmadi va aynan şu hujumning davomida «Tottenhem» ikkinçi golni kiritdi.

Ikkinçi bölimda «Mançester Siti» tarkibida debyut qilgan Gabriel Jyezus terma jamoada bölgani kabi yangi klubida ham gol kiritişi mumkin edi. Biroq De Bryuyne tomonidan yetkazib berilgan pasni darvozaga yöllagan 19 yaşar braziliyalik futbolçi ofsaydda qolib ketgandi.

Uşbu durangdan keyin «Tottenhem» hisobidagi oçkolar soni 46taga yetdi va jamoa turnir jadvalining 2-örnida bormoqda. «Mançester Siti» esa 43 oçko bilan 5-poğonada qoladigan böldi.

APL, 22-tur

Mançester Siti – Tottenhem 2:2 (0:0)
Gollar: Sane (49), de Bryuyne (54) –  Alli (58), Song Xyong Min (77).
Mançester Siti: Bravo, Otamendi, Klişi (Stounz, 84), Sabaleta, Kolarov, Silva (Delf, 90), Ture, de Bryuyne, Sterling (Gabriel Jyezus, 82), Sane, Aguero.
Tottenhem: Loris, Vimmer (Son Xyn Min, 46), Rouz, Uoker, Alderveyreld (Uinks, 65), Dembele (Sissoko, 78), Dayyer, Eriksen, Vanyama, Alli, Keyn.
Ogohlantirişlar: Vimmer (12), Dayyer (13), Kolarov (45), Alli (51), Otamendi (52), Vanyama (87).