Automotive News agentligi anonim manbaga iqtibos keltirgan holda BMW markasining şef-dizayneri Karim Habibning kompaniyadan ketayotganini ma'lum qildi. Bavariya avtomobilsozlik kompaniyasida bunga izoh berilmagan. Habib buyoğiga qayerda işlaşi ham ma'lum qilinmagan.

Ötgan yili BMW Group konsernini ikki boş dizayner tark etgandi: MINI byurosini boşqargan va Borgward’ga ketgan Anders Varming hamda "i" bölimida işlagan va Future Mobility’ga ketgan Benua Yakob.

Borgward va Future Mobility Xitoy kompaniyalari hisoblanadi va Habib ham biror bir Xitoy avtoxoldining va'dalariga uçgan bölişi mumkin. 

Habib BMW’ga 2012 yilda "Mersedes"dan qaytib kelgandi. Uning boşçiligi uşbu marka avtomobillarining yangi "qiyofasi" paydo bölgan. Körinişiça, Habib boşçiligida yaratilgan oxirgi model BMW X7 krossoveri böladi, u 2018 yilda sotuvga çiqariladi.