Şveytsariyalik Rojyer Federer Avstraliyada ötayotgan tennis böyiça oçiq çempionatning törtinçi doirasida yaponiyalik tennisçi Keya Nisikorini 6:7 (4:7), 6:4, 6:1, 4:6, 6:3 hisobida mağlubiyatga uçratdi. Şunga köra, Rojyer 35 yilu 167 kunlik yoş bilan Australian Open musobaqasida çorak finalga çiqqan eng yoşi katta tennisçi böldi. Bundan roppa-rosa 39 yil muqaddam, ya'ni 1978 yil Artur Eş ana şunday “maqom”da edi.

Eslatib ötamiz, özbekistonlik tennisçi Denis Istomin uşbu musobaqani muvaffaqiyatli ötkazişda davom etmoqda. U turnirning 3-raundida musobaqaning 30-tartib raqami ostida saralangan ispaniyalik Pablo Karreno-Bustoga qarşi kortga çiqib, beş setda: 6/4, 4/6, 6/4, 4/6, 6/2 mağlubiyatga uçratgani xabar berilgan edi.