Xitoyda 2000 yildan buyon ilk marotaba bola tuğilişi böyiça yuqori natijalar qayd etilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi hukumat mulozimiga tayangan holda xabar qilmoqda.
2016 yilda XXRda 17,6 million bola tuğilgan, 2011-2015 yillarda esa bu raqamdan yiliga 1,4 million kam çaqaloq dunyoga kelgan.
Ijobiy ösiş, oilani rejalaştiriş siyosatiga özgartiş kiritilgani va xitoy oilasiga bir farzanddan köp bolali bölişga ruxsat berilgani bilan izohlanmoqda.
«Farzandni dunyoga keltiriş yoşidagi ayollar soni 5 mln nafarga kamayganiga qaramay, tuğilişlar soni keskin ortgani, oilani rejalaştiriş siyosatidagi özgarişlar ayni vaqtida va samarali bölganini körsatdi», — degan Xitoy soğliqni saqlaş va oilani rejalaştiriş işlari böyiça milliy komissiya rahbarlaridan biri Yan Vençjuan.
Uning sözlariga köra, 2020 yilgaça har yili bola tuğadigan yoşdagi ayollar soni 5 mln nafarga qisqarişi taxmin qilinmoqda. Biroq, Xitoy yiliga 17-20 million bola tuğilişi böyiça körsatkiçni amalda saqlab qolişga umid qilmoqda.
Şu bilan 21-asrning ikkinçi ön yilligi oxiriga kelib, mamlakat aholisi 1,42 milliard kişiga yetişi ta'minlanadi. 2015 yil dekabr oyi oxirida bu körsatkiç 1,37 milliardni taşkil etgan.












