Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida rasmiy Damaşq va qurollangan muxolifat delegatsiyasi vakillari birinçi marta yagona muzokaralar davrasiga ötirişdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Maslahatlaşuvlarda iştirok etayotgan tomonlar, bir neça soat mobaynida katta stol atrofida muloqot olib borişadi. Unda tomonlar qaraşlarini bir-biriga yaqinlaştirişga harakat qilinadi. 

Uçraşuv taşkilotçilari rasmiy Damaşq va muxolifat uçun alohida körsatkiçlar örniga umumiy ravişda "Suriya Arab Respublikasi" qaydnomalarini örnatişni ma'qul körgan. Çunki, taşkilotçilar vakilining söziga köra, asosiysi, "barçani bir muzokaralar davrasiga töplaşdir".

Muzokarada iştirok etayotganlar quyidagi tartibda (soat mili böyiça 12:00dan boşlab): Qozoğiston, Eron, Suriya hukumati delegatsiyasi, BMT, AQŞ, Suriya qurollangan muxolifati, Turkiya, Rossiya bölib ötadi.