ÖzMTRKning “Toşkent” telekanali ijodkorlari “Kitobxon” intellektual şousini efirga uzata boşlaşdi.
Mazkur körsatuv öziga xos bölib, kitob tarğibotini qamrab olgani bilan tahsinga sazovordir. Tomoşabinlarni zeriktirmaslik maqsadida ikki quvnoq boşlovçi şou iştirokçilarini ikki jamoaga ajratadi va qiziqarli şartlar e'lon qilinadi. Şu orqali ularni topqirlik, hozirjavoblik bilan kitoblar yoki ulardagi qahramonlar nomini aytişga undaydi.
Boşqa şoulardan farqli ölaroq, “Kitobxon” san'at ahli qatorida turli ijodkorlar va şoirlarni ham efirga çiqargani bilan ahamiyat kasb etadi. Aktyorlar turli monologlar öqigan bölsalar, şoirlar yangi yozgan şe'ridan öqib beradilar. Şou nihoyasida iştirokçilarga kitob tuhfa qiliş yanada joziba baxş etdi.
“Kitobxon” ijtimoiy tarmoqlarda qizğin kutib olindi. Mazkur şouning oila davrasida qiziqib köriş mumkin bölgan maroqli körsatuv ekanligi aytilmoqda. Uning boşqa şoulardan afzalligi ham e'tirof etilyapti. Jumladan, qalamkaş Nodirabegim Ibrohimova “Kitobxon”ning “Imkon-şou”dan köra ma'niliroq” ekanligini ta'kidlagan.















