Özbekistonlik enaga Gulçehra Boboqulova majburiy davolanişga jönatildi. U Moskva şahrida tört yoşli qizçani öldirgan.
Şu tariqa, sudning 2016 yil 24 noyabridagi qarori qonuniy kuçga kirdi, deb xabar berdi "Interfaks" Moskva prokuraturasi rasmiy vakili Yelena Rossoxinaga asosan. Enaga Rossiya hududida joylaşgan maxsus tipdagi ruhiy stantsionar muassasalaridan biriga jönatilgan. Sud qarori prokuror iltimosnomasidan söng qabul qilindi. U ayblanuvçining psixologik- ruhiy ekspertizasi natijalariga tayangan.
Boboqulova tört yoşli qizçaning qotilligida, kvartirani yoqib yuboriş va portlaş haqida yolğon xabar berişda aybdor deb topildi.
Şafqatsiz qotillik ötgan yilning fevral oyida sodir bölgandi. Özbekistonlik enaga Gulçehra Boboqulova qizçaning ota-onasi tönğiç farzandini olib, uydan ketişini poylab, 4 yoşli qizni öldirib, kvartirani yoqib yuborgan va köçaga çiqib ketgan. Guvohlarning sözlariga köra, ayol 20 daqiqaça vaqt köçada qizçaning tanasidan judo qilingan kallasini uşlab, özi bilan özi suhbatlaşgan va yölovçilar hamda politsiya xodimlariga tahdid qilgan. Qotilni metroga tuşiş joyida qölga olişga muvaffaq bölişgan.
Ma'lum bölişiça, Boboqulovaga 1999 yilda “şizofreniya” taşxisi qöyilgan, 2002 yilda esa u özini tajovuzkor tutib, turli ovozlarni eşita boşlagan. Ayol Samarqand viloyati ruhiy kasalliklar şifoxonasida ham davolangan.












