Içki işlar vazirligi 2017 yilda Boboqulovaning Rossiyada qolişi nomaqbul deb topilganini ma'lum qildi. «Davolaş jarayoni tugaganidan söng, u Rossiyadan taşqariga deportatsiya qilinişi kerak», - deya xabar berdi mahkama. Içki işlar vazirligi Boboqulovaning davolaniş jarayoni qaçon tugaşiga aniqlik kiritmagan.
Fevral oyida «Moskovskiy komsomolets» Boboqulova Qozon şahridagi ruhiy kasalliklar şifoxonasida ekani haqida xabar bergandi (bu ma'lumot rasman oşkor etilmayapti). Ayolning onasi aytişiça, şifokorlar Boboqulovaning ahvolini barqaror deb baholaşgan va agar tegişli hujjatlar kelib tuşsa, uni deportatsiya qilişga tayyor turişibdi.
Boboqulova tomonidan öldirilgan qizning onasi Yevgeniya Meşçeryakova davolaniş jarayoni tugaganidan söng, sobiq enaga oiladan qasos olişi mumkinligidan qörqmoqda.
Qotillik 2016 yilning fevral oyida sodir bölgandi. Özbekistonlik enaga Gulçehra Boboqulova Moskva şahrida qizçaning ota-onasi tönğiç farzandini olib, uydan ketişini poylab, 4 yoşli qizni öldirib, kvartirani yoqib yuborgan va köçaga çiqib ketgan. Guvohlarning sözlariga köra, ayol 20 daqiqaça vaqt köçada qizçaning tanasidan judo qilingan kallasini uşlab, özi bilan özi suhbatlaşgan va yölovçilar hamda politsiya xodimlariga tahdid qilgan. Qotilni metroga tuşiş joyida qölga olişga muvaffaq bölişgan.












