Moskvadagi Xoroşevskiy sudi 4 yoşli qizning ölimida ayblangan özbekistonlik enaga Gulçehra Boboqulovani jinoiy javobgarlikdan ozod qildi va uni majburiy psixiatrik davolanişga jönatdi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi.

Şafqatsiz qotillik joriy yilning fevral oyida sodir bölgan. Tergov ma'lumotlariga köra, özbekistonlik enaga Gulçehra Boboqulova qizçaning ota-onasi tönğiç farzandini olib, uydan ketişini poylab, 4 yoşli qizni öldirib, kvartirani yoqib yuborgan va köçaga çiqib ketgan. Guvohlarning sözlariga köra, ayol 20 daqiqaça vaqt köçada qizçaning tanasidan judo qilingan kallasini uşlab, özi bilan özi suhbatlaşgan va yölovçilar hamda politsiya xodimlariga tahdid qilgan. Qotilni metroga tuşiş joyida qölga olişga muvaffaq bölişgan. 

Ekspertiza natijalari 39 yoşli Boboqulovaning surunkali ruhiy kasallikka çalinganligini tasdiqladi.

Ayolga bolaning ölimi, uyga öt qöyiş hamda portlaş haqidagi yolğon xabar böyiça ayblov qöyilgan. Boboqulova aybini tan olgan. 

 

Gulçehra Boboqulova özini Özbekistonga qaytarişlarini söradi