Apple korporatsiyasi AQŞning aloqa böyiça federal komissiyasida Bluetooth va NFC simsiz interfeyslarini qöllab-quvvatlovçi noma'lum qurilmani röyxatdan ötkazdi. Bu haqda MacRumors portali xabar bermoqda.
Komissiya A1846 model raqamiga ega qurilmani sertifikatlaştirgan. Naşrning ta'kidlaşiça, kompaniyaning mavjud qurilmalaridan birortasi bu raqamga mos emas. Arizada qurilma 100 dan 700 milliampergaça va 5,5 dan 13,2 voltgaça tok iste'mol qilişi, bu esa Apple TV telepristavkasi (920 milliamper va 12 volt) körsatkiçlariga mos kelişi körsatilgan.
Biroq tahlilçilarning fikriça, qurilma kompaniyaning çakana dökonlari uçun möljallangan. Bu bevosita yaqin orada joylaşgan iOS-qurilmalar bilan işlaşga imkon beradigan iBeacon texnologiyasiga möljallangan mahsulot bölişi mumkin.
Bu qurilma Apple’ning oxirgi vaqtda komissiyada röyxatdan ötkazgan ikkinçi qurilmasidir. 2016 yil sentabrda korporatsiya A1844 model raqamli gadjyetni sertifikatlaştirgandi.












