Hindiston hukumati Everest (Jomolungma) toğining eng baland çöqqisini ölçaşga qaror qildi. Taxminlarga köra, 2015 yili Nepalda sodir bölgan dahşatli zilzila sabab çöqqi pasaygan bölişi mumkin, deb xabar qilmoqda Britaniyaning BBC telekompaniyasi.
Respublika hukumat komissiyasi rahbari Svarna Subbaraoning sözlariga köra, şu maqsadda ekspeditsiya taşkil etiladi va u ikki oydan söng, çöqqi sari yöl oladi. Subbaraoning aytişiça, çöqqi balandligini ölçaşga bir oyga yaqin, yakuniy hisob-kitoblar uçun yana 2 haftaça vaqt ketadi.
Bundan avval, sun'iy yöldoşlar vositasida olingan ma'lumotlar, Everest balandligi Nepal zilzilasidan söng, bir neça santimetrga pasayganini körsatgan. 2015 yil aprel oyida Nepalda 7,8 ballik yer silkinişi röy bergan edi. Öşanda halok bölganlar va jabrlanganlar soni 8 ming kişidan ortiqni taşkil etgandi.
Hozirda, Xitoy va Nepal çegarasida joylaşgan Jomolungma balandligi dengiz sathidan 8848 metr balandlikni taşkil etadi.












