Paramount Pictures kinokompaniyasi özining YouTube sahifasida yaqinda suratga olgan filmiga doir lavhani joylaştirdi. Unda Nyu Yorkdagi elektronika dökonlaridan biriga taşrif buyurganlar bilan amalga oşirilgan qörqinçli hazil aks etgan. Prank yangi qörqinçli film «Qönğiroqlar» kartinasi taqdimotiga bağişlangan, deb xabar qiladi UPROXX.
Rolikda elektronika dökoniga taşrif buyurganlar maslahatçi bilan televizor panellari yonida muloqot qilişadi. Bu vaqtga kelib, televizor ekranlarining biridan «Qönğiroq» filmidagi Samara Morganga öxşaş qahramon çiqib keladi. U sezdirmasdan odamlarga yaqinlaşadi va ularni tutib oladi.
Rejissyor Xaver Guteres tomonidan suratga olingan «Qönğiroqlar» qörqinçli filmining jahon taqdimoti 1 fevral kuni bölib ötadi. Kartina Gora Verbinskining 2002 yilda suratga olgan «Qönğiroq» filmining davomi hisoblanadi.












