Fransiya poytaxti Parij şahri şarqidagi Sena va Marna departamentida milliarder Eduard de Rotşildning haşamatli uyi tunab ketildi. Hodisa 24 dan 25-yanvarga ötar keçasi röy bergan, deb xabar qildi Europe 1 radiostansiyasi.
"Noma'lum şaxslar danğillama uyga kirib, köplab qimmatbaho buyumlarni öğirlab ketişgan", - deb xabar berdi radiostansiya. Ömarilgan narsalarning aniq qiymatiga oydinlik kiritilmadi.
Ma'lumot uçun, Eduard de Rotşild Rothschild & Cie banki kuzatuv kengaşiga rahbarlik qiladi. Şuningdek, u Parijdagi Liberation yirik gazetasi egalaridan biri hisoblanadi.












