Ispaniya fuqarosi Nesquik kompaniyasining eruvçan şokolad içimligi idişida 250 gramm “kokain” giyohvandlik moddasini topib oldi. Bu haqda Heraldo gazetasi xabar berdi.
Uning ma'lumotiga köra, Saragosa (Aragon muxtor hamjamiyati)da yaşovçi fuqaro kakaoni oddiy ispan supermarketidan xarid qilgan. Erkak uyga kelgaç, uning qadoği oçilib yotganini körgan. Idişni töla oçgan ispaniyalik kokain moddasi bölgan paketni topdi. U kakao kukuni tagida yaşirib qöyilgan.
Saragosa fuqarosi giyohvand moddani darhol politsiyaga olib borib berdi. Ta'kidlanişiça, topilgan modda qiymati qora bozorda 13 ming yevroga teng bölişi mumkin. Huquqni muhofaza qiliş organlari hodisa yuzasidan suriştiruv işlarini boşlaşdi. Politsiya bu giyohvand moddalarni yetkazişning yangi uslubi bölişi mumkin, degan şubhada. Dökonda örnatilgan kuzatuv kameralari yozuvlari örganilmoqda.












