Qaşqadaryo viloyati hokimligi xodimi Uluğbek Avazov va Qaşqadaryo viloyati energiya sotiş departamanti mutaxassisi Şavkat Xolovlarga OÇIQ XAT.
Hurmatli Uluğbek va Şavkatbek. Sizlarning “kun.uz” sayti muxbirining viloyatdagi elektr ta'minotidagi nuqsonlar haqida bergan savollariga 2017 yil 14 yanvar kuni bergan javoblaringizni öqib hayratdan yoqa uşladim. “Qaşqadaryo viloyatining elektr ta'minotidan qarzi 460 milliard sömni taşkil etadi. Viloyatning elektr energiyasi böyiça kunlik sarf-xarajati 3 milliard sömdan iborat. Şundan 1,3 milliardi aholi ehtiyojiga sarflanadi. Ammo aholi tomonidan qiş mavsumida elektr energiyasiga bölgan ehtiyojning oşib ketişi sabab, bu qiymat yanada kötariladi. Eng açinarlisi aholi öz qarzdorligini yopişni istamaydi,”- deb barça aybni aholi zimmasiga yuklabsizlar.
Men Qaşqadaryo xalqini oriyatli, mehnatkaş insonlar, degan tasavvurda edim. Sizlarning javobingiz mening qaşqadaryoliklar haqidagi tasavvurimni özgartirib yubordi. Axir iste'mol qilgan elektr energiyasi uçun haq tölamaydigan xalqni nima deb ataş mumkin?! Ammo aholini ayblaşdan oldin sizlar rökaç qilgan raqamlarni muşohada qilib köraylik. Viloyatning elektr ta'minotidan 460 milliard sömlik qarzi qanday yuzaga keldi?
Elektr energiyasi iste'molçilari va hududiy elektr tarmoqlari korxonalari örtasidagi özaro hisob-kitoblar tartibi töğrisida NIZOMning 10-moddasida: “Iste'molçilar iste'mol qilingan elektr energiyasi (quvvati) uçun töliq hisob-kitobni har oyda, elektr ta'minoti şartnomasiga muvofiq, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki iste'molçining özi yozadigan tölov hujjatlari böyiça amalga oşiradilar.
Iste'mol qilingan elektr energiyasi (quvvati) uçun tölov elektr ta'minoti şartnomasida belgilangan miqdorlarda va muddatlarda amalga oşirilmagan taqdirda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste'molçilarga elektr energiyasi yetkazib berişni töxtatadi”, - deyilgan. Hududiy elektr tarmoği korxonasi mutasaddilari Hukumat tomonidan qöyilgan ana şu talabni izçil bajarib borişganida, şu darajadagi qarzdorlik yuzaga kelarmidi?! Albatta, yöq! Şu nizomda tölov tartiblari aniq va mukammal belgilab berilgan. Bajariş şart bölgan körsatmalar bajarilganida, 460 milliard söm qarz paydo bölarmidi? Albatta, yöq!
Özbekiston Prezidenti Ş.M. Mirziyoyev 2017 yil 14 yanvardagi yiğilişda: “Özbekenergo” aksiyadorlik jamiyatida 67 ming kişi, jumladan, qöştirnoq içidagi «pul yiğuvçi»lar mavjud bölsa-da, nima sababdan ulkan debitor qarzdorlikning tagiga yetib bölmaydi?”,











