Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Islom Karimovning tavallud sanasini nishonlashga keng tayyorgarlik ko‘rilmoqda
Shu kunlarda O‘zbekistonning barcha hududlarida mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun – 30 yanvar sanasini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ta'lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda ushbu sana munosabati bilan turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar, xotira kechalari o‘tkazilayotir. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tadbirlarni bayramona ruhda tashkil etishda Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi kabi turli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-o‘qituvchilar, ma'naviyat targ‘ibotchilari, olimlar, yozuvchi va shoirlar faol ishtirok etmoqda.
Samarqand davlat universitetida o‘tkazilgan ana shunday tadbirda Islom Karimov hayoti va faoliyati, boy ma'naviy merosi haqida so‘z yuritildi.
Shunday tadbirlar mamlakatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.
Mavzuga oid
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026
O‘zbekiston tashqi qarzi 2025 yilda 18 mlrd dollarga oshdi. Bu rekord ko‘rsatkich
11:48 / 16.04.2026
O‘zbekistonda aholi soni bo‘yicha yangi ma’lumot e’lon qilindi
09:56 / 16.04.2026