24 yanvar kuni "2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişlari böyiça Harakatlar strategiyasi" loyihasining jamoatçilik muhokamasi davom ettirildi. 2-kun mavzusi: Qonun ustuvorligini ta'minlaş va sud-huquq tizimini yanada isloh qilişning ustuvor yönalişlari.
Tadbirda soha böyiça bir qator davlat organlari vakillari, jurnalistlar va jamoatçilik taşkilotlari xodimlari qatnaşişdi. Unda xalqning murojaatlari bilan işlaş, fuqarolarning yuridik organlar bilan elektron aloqa örnatiş masalalariga alohida töxtalib ötildi. Şu örinda mutaxassislarimiz Özbekistonda taşkil etilgan xalq qabulxonasining dunyoda muqobili yöqligini ta'kidlab ötişdi. Kelajakda köp davlatlar bu tajribani özida joriy qilsa ajab emas.
Harakatlar strategiyasi loyihasida fuqarolarning davlat idoralariga murojaati böyiça quyidagi vazifalar belgilanganligi qayd etildi:
Birinçidan, aholi bilan oçiq muloqotni yölga qöyişning samarali mexanizmlarini joriy etiş maqsadida "Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida"gi qonunga qator özgarişlar va qöşimçalar kiritilişi kutilmoqda.
Ikkinçidan, qonunlarga deputat va senatorlarning şaxsiy, sayyor va videokonferensiya böyiça aloqa örnatiş orqali fuqarolarni masofaviy qabul qiliş, virtual qabulxonalarni taşkil etiş tartibini belgilab beruvçi özgariş va qöşimçalar kiritiş.
Uçinçidan, barça huquni muhofaza qiluvçi va nazorat organlari rahbarlarining virtual qabulxonalarini taşkil etiş nazarda tutiladi. Bugungi kunga kelib ularning aksariyatida virtual qabulxonalar taşkil etilib, ular öz faoliyatini yölga qöyişga ulgurgan.
Törtinçidan, har bir davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, şuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarida murojaatlar bilan işlaş böyiça alohida bölim taşkil etiş.
Beşinçidan, murojaatlarning kelib tuşiş manzili, ularning mazmuni, turi, kötarilgan masalalar klassifikatsiyasi, şuningdek takroriy murojaatlar hisobi, körib çiqiş natijasi, intizomiy, ma'muriy va jinoiy javobgarlik masalalari böyiça tahlillar olib boriş maqsadida "Aholi murojaatlari şakli, turlari va mazmuni böyiça Davlat namunaviy klassifikatori" loyihasini işlab çiqiş, murojaatlarni röyxatga oliş tizimi böyiça yagona elektron dasturni tadbiq etiş.
Oltinçidan, aholiga huquqiy masalalar böyiça tuşuntiriş işlari olib borişni faollaştiriş, huquqiy madaniyatni şakllantiriş, zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida huquqiy maslahatlarni keng tarğib qiliş maqsadida davlat organlari va jamoat taşkilotlari veb-saytlari orqali öz yönalişi böyiça onlayn yuridik tizim taşkil etiş.












