Öta oğir vaznda WBC va WBO versiyalari böyiça sobiq jahon çempioni, hozirda Ukraina poytaxti Kiyev meri bölgan Vitaliy Kliçkoning öğliga timsoh (alligator) hamla qilib qoldi.
Worldboxingnews naşri xabar berişiça, voqea AQŞdagi Evergleyds milliy boğida yuz bergan. 16 yoşli Yegor-Daniel Kliçko bu yerda volontyor bölib işlagan va Kliçkoning xayriya jamğarmasi dasturi böyiça hayvonlarni parvarişlab yurgan.

Timsoh hujumi oqibatida ösmirning bir qölidagi barmoği şikastlangan.
"Alligatorlarni parvarişlovçi xodim sifatidagi birinçi qoida: agar alligator Ervin ovqat yegisi kelsa, unda unga ovqat bering. Menda hattoki kök ipda tikilgan çoklar bor", deb izoh berdi ösmirning özi bu holatga.











