Hindiston poytaxti Yangi-Dehlida Rossiyalik elçi Aleksandr Kadakin kasallik sabab 68 yoşida hayotdan köz yumdi. Bu haqda Rossiyaning Hindistondagi diplomatik vakolatxonasi xabar berdi, deb ma'lum qilgan RIA «Novosti».

«Rossiyaning Hindiston Respublikasidagi elçixonasi katta qayğu bilan şuni ma'lum qiladiki, 26 yanvar kuni qisqa muddatlik kasallikdan söng Yangi-Dehlidagi markaziy kasalxonalardan birida Rossiyaning Hindistondagi favqulodda va muxtor elçisi A.M. Kadakin hayotdan köz yumdi», - deya xabar qilişgan diplomatlar.

Kadakin diplomatik missiya rahbari vazifasida 2009 yilning noyabridan boşlab işlab kelgan. U bu lavozimga TIVning alohida vazifalar böyiça elçisi pozitsiyasidan ötgan.