23-27 yanvar kunlari "2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişlari böyiça Harakatlar strategiyasi" loyihasining jamoatçilik muhokamasiga bağişlangan mediahaftalik bölib ötmoqda. 3-kun mavzusi "Iqtisodiyotni rivojlantiriş va liberallaştirişning ustuvor yönalişlari" böldi. 

Taqdimot qismidan söng xalq vakillari mutaxassislarga yönalişlar böyiça savollar bilan murojaat qilişdi. Ta'kidlaş joizki, tadbirda plastik karta borasidagi savol-javoblar köpçilikni taşkil qildi, ularning barçasini bir tadbirga siğdirib bölmaydi, albatta. Quyida ana şunday savol-javoblardan ba'zilarini e'tiboringizga havola etamiz. 

Plastik kartadan boşqa bir plastik kartaga pul ötkazganda olib qolinadigan 2 foizlik tarif tölovi köp emasmi, degan mazmunda savol berildi. Bunga javoban yagona tarif tizimiga köra, banklarda amalga oşirilgan operatsiyalarda pul olinmasligi ta'kidlandi. Pay me, Click kabi telefon ilovalaridan amalga oşirilgan ötkazmalarda esa foiz olib qolinişi, çunki ular ham tadbirkorlar hisoblanişi aytildi. Mutaxassislarimiz raqobat kuçaygan sari bunday ilovalardan pul ötkazmalari uçun olinadigan foizlar kamayişiga umid bildirişdi. 

Tadbirkorlardan biri bankka öz qöl ostidagi işçisiga oylik iş haqini tölaşi maqsadida plastik karta oliş uçun borgani, lekin bankda karta qolmagani masalasida mutaxassislarga murojaat qildi. Bunga javoban plastik karta - import ekani, u çetdan olib kelinişi aytildi hamda kelgusida özimizda işlab çiqarilişi rejalaştirilayotgani töğrisida ma'lum qilindi. Ungaça şörlik işçi nima qilsin? 

Iste'molçilardan biri oylik iş haqi 100 foiz plastik kartalarga ötkazilişi haqidagi gap-sözlar rost yoki yolğonligi borasida murojaat qildi. Bunga javoban işçi xodim 100 foiz oylikni kartaga ötkazişni sörab, ariza bilan murojaat qilgan taqdirdagina şunday qilinişi aytildi. Bank tizimi qonunçiligida pullarni naqdlaş borasida heç qanday çeklovlar yöqligi ta'kidlandi, har bir bank öz imkoniyatidan kelib çiqib, bu masalada fuqarolarga xizmat körsatişi qayd etildi. Bu mazmundagi miş-mişlarga işonmaslik tavsiya etildi. Biroq bu sohada ma'lumotlar berişda şaffoflik, oçiqlik ta'minlanmas ekan, ba'zi insonlar ana şunday miş-mişlarga beixtiyor işonib qolaveradi, nazarimizda...

Plastik karta masalasida savol köpligi bois Markaziy bankning işonç telefon raqami taqdim etildi: 200-00-44