General Motors avtomobil konsernining Kanadadagi Barri şahrida joylaşgan dilerlaridan birida 1993 yilda işlab çiqarilgan hamda umuman yöl yurmagan Cadillac Allante rodsterini topişdi. Yangi maşina taxminan 59,5 ming AQŞ dollariga sotilmoqda, deb yozadi Autotrader sayti.
Italiyaning Pininfarina atelesi (u kuzovni ham yaratgan) tomonidan işlab çiqilgan Allante modeli 1986 yilda taqdim etilgan. U oldi uzatmali Eldoradöning qisqartirilgan platfomasida qurilgan. Rodsterning avvalgi nusxalari 170 kuçli 4,1 litrlik hajmga ega “sakkiztalik” bilan jihozlangan.
Şundan söng uning örniga 200 kuçli 4.2 agregati kelgan bölsa, 1993 yilda 4,6 litrli V8 dvigateliga ega hamda 295 ot kuçilik maşina paydo böldi. Barça motorlar tört poğonali “avtomatlar” bilan juftlikda işlagan.
Suratdan köriş mumkin-ki, sotuvga alyuminiyli tomi olinuvçi variant qöyilgan. Şuningdek, model oilasida yengil joylaşuvçi tomga ega nusxa ham bölgan. Modelning alohida xususiyatlari – butunlay elektrlaştirilgan qurilmalar paneli, şuningdek boşqariluvçi amortizatorlarga ega ilgaklardan iborat.
Model 1993 yilda işlab çiqarişdan olingan bölib, taxminan 21 mingta Cadillac Allante taqdim etilgan.



















