Angliya Liga kubogi yarim finalining javob öyinida "Hall Siti" öz maydonida "Mançester Yunayted"ni qabul qildi. Uçraşuv 2:1 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlangan bölsa-da, birinçi uçraşuvdagi 2:0 hisobidagi ğalaba evaziga "MYu" finalga yöllanmani qölga kiritdi. 

Öyinning 35-daqiqasida Xaddlstoun penaltini aniq amalga oşirib, mezbonlarni oldinga olib çiqdi. 66-daqiqada Pogba oradagi farqni tenglaştirdi. Öyinning sönggi daqiqalarida Nyasse tomonidan kiritilgan gol mezbonlarga ğalaba keltirdi. 

Finalda "MYu" "Sauthempton" bilan kuç sinaşadi. Uçraşuv 26 fevral kuni "Uembli"da bölib ötadi. 

Hall Siti – Mançester Yunayted 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 35, penalti Xaddlstoun, 1:1 – 66 Pogba, 2:1 – 85 Nyasse.
Hall Siti – Marşall, Douson, Maguayr, Taymon, Meyler, Melouni (Evandro, 64), Xaddlstoun, Klukas, Nyasse, Diomande (Ernandes, 70), Bouen (Markoviç, 59).
Mançester Yunayted – De Xea, Jons, Roxo, Darmian, Smolling, Lingard (Runi, 79), Kerrik, Errera, Pogba, Reşford (Fellayni, 90), Ibrahimoviç.
Ogohlantirişlar: Jons (11), Roxo (87).