Eronlik aktrisa Tarane Alidöstiy Amerikaning “Oskar” mukofotini AQŞ prezidenti Donal Tramp sabab boykot qilmoqda. U asosiy aholisi musulmonlar bölgan yettita davlat fuqarolariga vizalar berişni töxtatib qöyiş niyatida, deb xabar berdi Reuters.

Alidöstiy rejissyor Asqar Farhodiyning “Savdo agenti” filmida suratga tuşgan bölib, bu kartina “Xorijiy tildagi eng yaxşi film” nominatsiyasida “Oskar”ga da'vogarlik qilmoqda.

Aktrisaning ma'lum qilişiça, u mukofot topşiriş marosimiga bormaydi. Alidöstiyning sözlariga köra, eronliklarga viza berişni taqiqlaş “irqçilikdir”.

Tramp farmoni loyihasida Iroq, Eron, Liviya, Somali, Sudan, Suriya va Yaman haqida söz borgan.