Amerika bayroği, prezidentlik muhri va «United States of America» yozuvlari bilan bezatilgan AQŞ prezidentining samolyoti — jahonda eng tez tanib olinadigan samolyot bölsa ajabmas. Uç sahnli, olti qavatli uy balandligiga teng bölgan Boeing 747-200B siz gumon qilganingizdan ham yaxşiroq himoyalangan. Lekin bu himoya közga taşlanmaydi va uni tuşunuvçilar juda kam, deb yozadi Dnpmag.com.

Boeing 747-200B içi juda keng. 372 kvadrat metr maydon hamma narsaga yetadi: bu yerda bir neça konferens-zallar, oşxona, prezidentning şaxsiy xonalari, katta xodimlar ofisi, jihozlangan operatsiya xonasi (vraçlar har bir parvozda hamroh bölişadi), yana ikkita oşxona va tansoqçilar xonasi bor. Bir söz bilan aytganda amerikalik soliq tölovçilarga öz prezidentlarining havodagi 1 soatlik parvozi 206.337 dollarga tuşadi.

Alohida boşqaruv punkti va aloqa örnatiş xonasi uçinçi qavatda joylaşgan. Birinçi raqamli bortdan yadro mojarosi röy bergan holda mobil markaz sifatida foydalansa böladi, şu sababli uning butun elektronikasi elektromagnit impulslaridan işonçli himoya qilingan.

Öz-özidan, layner sun'iy yöldoşli internetga ham ulangan, bu ham 112 million dollarga tuşgan.

Samolyot qanotlariga örnatilgan aksilraketa himoya tizimiga ega. Uning korpusi şu qadar mustahkamki, yer sathidagi yadroviy portlaşga ham doş beradi.

















