AQŞ prezidenti Donald Tramp mamlakatning Meksika bilan çegarasida qurilişi möljallangan devor haqida fikrini özgartirmaganini ta'kidladi.

Prezident yolğon axborotlarga işonmaslik kerak ekanini, bu devor mamlakat foydasiga işlaşini aytgan.

«Yolğon ma'ulomotlar tarqalib ketişiga yöl qöymang va menga işoning. Devor borasida fikrimni özgartirganim yöq. U quriladi. Bu devor narkotik moddalar va odam savdosiga qarşi kuraşda bizga yordam beradi»,- deb yozadi Tramp tvitterdagi sahifasida.

 

Bu xabarga munosabat bildirganlar orasida har xil fikrlarni uçratiş mumkin. Xususan Holly #TheResistanse nomli akkaunt şunday deb yozadi: «Meksika bu la'nati devor uçun pul tölamaydi. Şunday ekan biz ham».

Bu gapga quyidagi karikatura ham ilova qilingan. Unda Tramp Meksika bilan çegaradagi devorni «Ozodlik» haykalini buzib qurayotgani tasvirlangan.

Devor qurilişi haqida gapirganida dastlab Tramp u Meksika hukumati tomonidan moliyalaştirilişini aytgandi, lekin meksikaliklar bunga rozi emas. Şu sabab hozirça bu ulkan quriliş qaysi pulga amalga oşirilişi aniq emas. Yana bir ta'kidlaş kerak bölgan jihat şundaki, yuqoridagi 60 mingga yaqin öquvçisiga ega akkaunt «şapka»sida Hillari Klintonning Trampdan odam soni böyiça köproq ovoz olgani haqidagi statistika yozilgan. Ya'ni unda asosan Trampning siyosatiga qarşi postlar yozib boriladi.