AQŞ apellyatsiya sudi Donald Tramp Kapitoliy binosiga bostirib kiriş bilan boğliq jinoiy işda qonuniy ta’qibdan immunitetga ega emas, deb qaror qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Qayd qilinişiça, bu qaror maxsus prokuror Jyek Smit tomonidan qözğatilgan işda Tramp himoyasining asosiy çiziğiga jiddiy zarba bölgan. Sobiq prezident öz xatti-harakatlari prezident sifatidagi rasmiy vazifalarining bir qismi ekanini, şuning uçun uni jinoiy javobgarlikdan himoya qilişini aytgan edi.
«Tramp prezident bölib işlagan vaqtida uni himoya qilgan har qanday immunitet endi bu ta’qibdan himoya qila olmaydi», deyiladi sud qarorida.
Tramp advokatlari qaror ustidan Oliy sudga şikoyat qilişi yoki apellyatsiya sudining qayta körib çiqilişini söraşi mumkin.
Smit Trampga qarşi törtta ayblov e’lon qilgan, jumladan, saylovlarda fitna uyuştiriş, şuningdek, Qöşma Ştatlarni aldaş va rasmiy sud jarayoniga tösqinlik qiliş uçun fitna uyuştiriş. Trampning özi ayblarni rad qilmoqda.
2021 yil 6 yanvarda prezidentlik saylovi natijalaridan norozi bölgan Tramp tarafdorlari Vaşingtonda Kapitoliyga bostirib kirdi. Saylovda demokrat Jozef Bayden ğalaba qozongan edi. Namoyişlar politsiya bilan keng kölamli töqnaşuvlarga olib keldi. Huquq tartibot idoralari isyonga Donald Tramp çaqiriqlari sabab bölgan deb hisobladi va uning ustidan jinoiy iş qözğatilgan edi.

















