Urgançlik Törabek Parpiyev (ism-familiyalar özgartirilgan) Özbekiston hududida çet el valyuta qimmatliklarini sotib oliş va sotiş faqat vakolatli banklar tomonidan amalga oşirilişini yaxşi bilsa-da, mömay daromad qilişga bölgan iştiyoq uni “qorabozor” tomon yetakladi. Özi kabi fikrlovçi fuqarolar Raşid Sapayev va Mahmud Şaripov bilan til biriktiradi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.

Yoz kunlarining birida Mahmud tanişi Raşidga qönğiroq qilib, bir tanişiga 8 ming AQŞ dollari kerakligini aytadi. Öz navbatida, Raşid bu haqda Törabekdan yordam söraydi. Törabek hisob-kitob qilib, yonida 2 ming AQŞ dollari borligini aytadi va “kliyent”ga qolgan AQŞ dollarini ham topib berişga va'da beradi.

Xaridorlar kelişilgan joyga 48 million söm olib kelişdi. Törabek şeriklari bilan pulni sanab olgandan söng AQŞ dollarini uzatdi, ammo...

Bel oğrimasdan pul topaman deb, jinoyatga qöl urgan yigitlar sudning qora kursisiga ötirdilar va sud hukmi bilan tegişli jazoga tortildilar.