Ilon Mask Los-Anjyeles ostida tunnel qazimoqçi. Bu haqda işbilarmon Twitter’da yozgan. Tunnel Mask tomonidan 2016 yil oxirida aytib ötilgan yer osti yöllari qurilişidagi ilk qadam böladi.
Avvaliga Mask “taxminan bir oydan söng qazişni boşlaşi” haqida yozdi. Keyinroq esa bu gaplari haqiqat ekanini tasdiqladi.
Mask 2016 yili Twitter’da: “Avtomobillar tirbandligi meni aqldan ozdirmoqda. Men burğulaş maşinasini qurib, qazişni boşlamoqçiman...”, deb yozgandi.
Şundan söng u bu hazil emasligini va tunnellarni burğulaş böyiça yangi kompaniyasi nomini ham öylab qöyganini aytib ötgan.
Mask 2016 yil boşidagi SpaceX Hyperloop loyihasiga bağişlangan tadbirda tunnellarning yer osti yöllaridagi örni haqida gapirib ötgan. Öşanda u ularni har xil darajada quriş mumkinligini ham ma'lum qilgandi. Şu tariqa katta şaharlardagi tirbandlikka barham beriş mumkin ekan.












