Koreya respublikasi prezidenti Pak Kin Xe öziga nisbatan ilgari surilayotgan korrupsiya ayblovini rad etar ekan, uni "bema'nilik" va "ulkan tuhmat" deb atadi. U "Çon Gyu Çje TV" internet-kanaliga bergan intervyusida şunday bayonot berdi. Pak Kin Xe özi va yaqin dugonasi Çxve Sun Sil bilan boğliq mojaroni "avvaldan tayyorlangan fitna", deb baholadi.

"Hozirgi vaziyat köplab böhtonlar tufayli yuzaga keldi, bu kişini tuşkunlikka tuşiradi... Menga nisbatan ayblovlar nafaqat bema'ni, balki – ulkan tuhmatdir", - deb ta'kidlagan Pak Kin Xe, bu özi yöl qöygan ayrim xatolar tufayli vujudga kelganini tan olgan. 

Prezident dugonasi Çxve Sun Sil bilan til biriktirgan holda yirik korporatsiyalardan pul undirganlikda gumon qilinmoqda. Bundan taşqari, u dugonasining davlat işlariga aralaşişiga izn bergan. Şu munosabat bilan, 2016 yilning 9 dekabrida Koreya parlamenti Pak Kin Xe işonçsizlik bildiriş böyiça qaror qilgan edi. 

Pak Kin Xe, boşlovçining Çxve Sun Sil davlat mulozimlarini tayinlaşda naqadar aralaşganiga doir savoliga ham oydinlik kiritib, özining "har qanday taklifga oçiq" bölgani, ammo, har bir nomzod jiddiy tekşiruvdan ham ötkazilganini ta'kidlagan. 

Prezident, şuningdek, hokimiyatni tanqid qilgan san'at arboblarining qora röyxati masalasiga ham töxtalib, uning mavjudligidan xabari bölmaganini aytgan. 

Janubiy Koreya muxolifati esa, ayni suhbat sabab Pak Kin Xeni "matbuotdan şarmandalarça foydalaniş"da aybladi. Xususan, Koreya Demokratik partiyasi  "Toburo" vakili Pak Kyon Mining aytişiça, Pak Kin Xe "qasddan konservativ kayfiyatdagi jurnalistni çaqirib, faqat özining aybsizligi xususida gapirgan". 

"U özining yolğonlari bilan dastlab davlat tizimini işdan çiqardi, endi ikkiyuzlamaçilik qilib, aybsizligini ta'kidlamoqda. Pak Kin Xening xulqini izohlaş uçun söz ham topiş muşkul", - degan Pak Kyon Mi.