Rossiya harbiy-koinot kuçlari va Turkiya harbiy-havo kuçlari 26 yanvarda Suriyaning Halab viloyatida IŞIDga qarşi birgalikdagi havo operatsiyasini ötkazdilar. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.  

Operatsiya Halab viloyatidagi Al-Bob aholi punktida ötkazilgan. Zarbalar oqibatida jangarilarga tegişli uçta boşqaruv punkti va aloqa uzeli hamda bir neçta mustahkamlangan tayanç punktlari yöq qilingan.  

Ta'kidlanişiça, Moskva va Anqaraning harakatlari Suriya tomoni bilan kelişilgan holda amalga oşirilgan. 

Rossiya tomonidan operatsiyaga Su-24M bombardimonçi va Su-35S qiruvçi samolyotlari, Turkiyadan esa F-16 va F-4 qiruvçi samolyotlari jalb qilingan.