Internet foydalanuvçilari AQŞ prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasi tasvirlangan videoyozuvda ğayritabiiy holatga guvoh bölişdi. Tadbir CNN telekanali tomonidan translyatsiya qilingan.

Bir qator foydalanuvçilarning fikriça, Vaşington markazidagi Pensilvaniya-avenyu böylab sayr qilgan Tramp hamda uning rafiqasi ketidan yurgan tan soqçida sun'iy qöl bölgan. Uning ortida esa aslida qurol yaşiringan bölgan. Bu favqulodda holatda kerak bölib qolişi mumkin. Taxminlardan biriga köra, agentning haqiqiy barmoqlari bu payt palto ostidagi töpponça yoki mini-avtomat tepkisida bölgan.

Video va fotosuratlarda soçi yöq tan soqçi uzoq muddat davomida bir xil vaziyatda turgani hamda harakatlanmaganini köriş mumkin. Bu esa uning qöllaridan biri soxta ekani haqidagi miş-mişlarni keltirib çiqardi.

Ğarb OAVning ta'kidlaşiça, öşa paytdagi vaziyat va Amerika poytaxtidagi norozilik namoyişlarini hisobga olsa, qöriqçilardan biri matbuot e'tiborini ayniqsa köp tortgani tabiiy holat.

Biroq taqdim etilgan kadrlardan birida agent baribir öz qöli holatini özgartirib, barmoqlarini qayirib olganini köriş mumkin. Bu esa uning qöli haqiqiy ekanidan dalolat beradi.