Özbekistonda ilk futbolga ixtisoslaşgan Futbol TV telekanali taşkil etilgani rasman ma'lum qilindi. Telekanal oldin xabar berilganidek UzReport telekanali qoşida taşkil etiladi. Bu haqda telekanal rasmiy sayti xabar tarqatmoqda. 

Manba bergan ma'lumotga köra, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo Muvofiqlaştiruvçi Kengaşining yiğilişida Futbol TV telekanaliga litsenziya beriş töğrisida qaror qabul qilingan. 

Futbol TV telekanali öz faoliyatini joriy yilning mart oyida boşlaşni rejalaştirgan. Telekanal butun Özbekiston böylab efirga uzatiladi.

Xabaringiz bor, UzReport TV orqali Yevropa çempionlar ligasi, Yevropa ligasi, Angliya va Ispaniya öyinlarini Özbekistonda translyatsiya qilişning ekzklyuziv huquqini xarid qilgan va hozirda uşbu musobaqalardan örin olgan öyinlarni jonli efirda namoyiş etib kelmoqda.

Futbol TV işga tuşirilganidan söng UzReport TV telekanalida futbol öyinlari translyatsiyasi töxtab qolmaydi. Turli çempionatlarda bir vaqtda boşlanadigan qiziqarli uçraşuvlarning biri Futbol TV telekanalida namoyiş etilsa, ikkinçi öyin UzReport TV telekanalida translyatsiya qilinadi.

Futbol TV telekanalida futbol uçraşuvlari jonli, yozib olingan holda va takroran namoyiş etiladi. Bundan taşqari futbolga oid bölgan turli qiziqarli körsatuvlarning efirga uzatib borilişi ham közda tutilgan, deb yoziladi xabarda.

Hozirda Futbol TV telekanalining litsenziyasini rasmiylaştiriş va texnik taşkiliy işlar doirasidagi çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.