«UZREPORT TV» va «FUTBOL TV» telekanallari özbek muxlislariga yaqinlaşib kelayotgan Jahon çempionatining barça uçraşuvlarini jonli efirda va yuqori sifatda taqdim etadi.
2018 yil 14 iyundan 15 iyulgaça Rossiyada jahon futbol muxlislari tomonidan intiqib kutilayotgan, FIFA şafe'ligidagi dunyoning eng nufuzli xalqaro turniri bölgan futbol böyiça jahon çempionati musobaqasi bölib ötadi.
Sayyoramizning barça nuqtalarida bölgani kabi, mazkur musobaqani Özbekistondagi millionlab futbol işqibozlari ham orziqib kutişmoqda. Afsuski, öyinlarni bevosita stadionlarda turib tomoşa qiliş imkoniyati hammaga ham nasib etmaydi. Aksariyat muxlislar, albatta, özlarining yoqtirgan jamoalari iştirokidagi öyinlarni televizor ekranlari orqali kuzatişga tayyorgarlik körişmoqda.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi hududida FIFA-2018 jahon çempionati musobaqalari va bunga boğliq boşqa dasturlarni translyatsiya qiliş eksklyuziv huquqiga «UzReport» Axborot Agentligi ega böldi. «UZREPORT TV» va «FUTBOL TV» telekanallari özbek muxlislariga yaqinlaşib kelayotgan jahon çempionatining barça uçraşuvlarini jonli efirda va yuqori sifatda taqdim etadi. Eslatib ötamiz, çempionat doirasida 64 ta uçraşuv, şu jumladan: guruh bosqiçining 48 ta uçraşuvi va pley-off bosqiçining 16 ta uçraşuvi ötkaziladi.
«UZREPORT TV» va «FUTBOL TV» da futbol uçraşuvlarini tomoşa qilişning qöşimça afzalligi - şarh tilini (rus yoki özbek tili) tanlaş imkoniyatining mavjudligidir. Tomoşabinlar uçun yana bir syurpriz sifatida Rossiya sport şarhlovçiligi yulduzlari bilan uçraşuv hisoblanadi. Denis Kazanskiy va Aleksandr Yelagin «UZREPORT TV» va «FUTBOL TV» telekanallarining şarhlovçilari bilan jahon çempionatini birgalikda şarhlaş uçun Toşkentga taşrif buyurişadi.
Öyinlarning jonli translyatsiyalaridan taşqari, har ikki telekanalning tomoşabinlari kunning natijalariga bağişlangan «Highlights» dasturini tomoşa qilişlari mumkin böladi. Unda ötgan öyinlarning eng yorqin va hayajonli daqiqalari, terma jamoalar öyinçilari va murabbiylari haqidagi ma'lumotlar, şuningdek, FIFA-2018 rekordlari va qiziqarli ma'lumotlar taqdim etiladi.
Çempionat arafasida esa «UZREPORT TV» va «FUTBOL TV» telekanallarida 16 ta qismdan iborat bölgan «Mundial sari yöl» filmining namoyişi boşlandi. Filmda har bir milliy terma jamoa jahon çempionatiga qanday tayyorgarlik körgani, bu tayyorgarlikda futbolçilar va murabbiylar qanday qiyinçiliklarga duç kelişgani haqida söz boradi. Uning namoyişi 13 iyulga qadar davom etadi va futbol muxlislari uçun haqiqiy sovğa böladi.
Eslatib ötamiz, mamlakatimizda «UZREPORT TV» va «FUTBOL TV» telekanallari orqali FIFA-2018 Jahon çempionati teletranslatsiyalarining rasmiy hamkori «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MÇJ hisoblanadi.











